Alex Nascimento Fernandes (2002-yil 3-iyunda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Rossiyaning „Baltika Kaliningrad“ klubidan ijara asosida Navbahor Namangan jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Alex faoliyatini Portugeza Santistada boshlagan, „Atletico Mineiro“ga oʻtgan va 2020-yilda „Santos“ga qoʻshilgan. 2022-yil 7-iyulda Bolgariya Birinchi Ligasi jamoasi – „Cherno More“ga oʻtdi. Fernandes uchinchi Ligada „Spartak Varna-2“ klubiga qarshi mahalliy liga derbisida gol urdi. Professional debyutini 2022-yil 6-avgustda boshladiCherno more pobedi Spartak vʼv Varnenskoto derbi na vtorite timoveCherno more si trʼgna dovolen ot Stara ZagoraCherno more podpisa s dvama portugalsi i edin braziles.
2024-yil 21-fevralda Fernandes nomaʼlum tovon puli evaziga Kaliningradning „Baltika“ klubiga oʻtdi. Baltika bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. 2024-yil 13-aprelda Baltika safidagi beshinchi liga oʻyinida Fernandes „Ahmat Grozniy“ ustidan 7:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etdiCherno more prodade Aleks Fernandes v Rusiya.
2024-yil 2-iyunda Fernandes 2024-yilgi Rossiya Kubogi finalida Zenit Sankt-Peterburgga qarshi oʻyinda „Baltika“ uchun gol urdi. Oxir-oqibat Zenit soʻnggi daqiqalarda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2025-yil 11-fevralda Ozarbayjon Premyer-ligasi vakili – „Neftchi“ Fernandesni „Baltika“dan 2024-25-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Ijara shartnomasida uni 2025-yil oxirigacha uzaytirish imkoniyati ham bor edi. 2026-yil 18-fevralda Alex 2026-yil oxirigacha Oʻzbekistonning Navbahor Namangan jamoasiga ijaraga berildi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:PFC Cherno More Varna futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Rossiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Bolgariyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ozarbayjondagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar