Ozar Nafisiyy () – eronlik-amerikalik yozuvchi va ingliz adabiyoti professori. Eronning Tehron shahrida tugʻilgan. 1997-yildan beri AQShda yashaydi va 2008-yilda AQSh fuqaroligini olganIranian-American author lectures at the Spanish National Library .
Nafisiyy akademik sohada bir nechta rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Johns Hopkins universitetining School of Advanced International Studies (SAIS) qoshidagi Dialogue Project loyihasi direktori boʻlgan, shuningdek Georgetown universitetining Walsh School of Foreign Serviceda Centennial Fellow sifatida faoliyat yuritgan hamda Oksford universitetida ham ilmiy xodim boʻlgan.
Mashhur eronlik olim, yozuvchi va shoir Said Nafisiyyning jiyanidir. Ozar Nafisiyy 2003-yilda chop etilgan Reading Lolita in Tehran: A Memoir in Books kitobi bilan tanilgan. Ushbu asar The New York Times Best Seller roʻyxatida 117 hafta davomida qolgan va bir nechta adabiy mukofotlarni, jumladan 2004-yilda Booksense tomonidan berilgan „Yilning eng yaxshi nobadiiy kitobi“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Reading Lolita in Tehran kitobidan tashqari, Nafisiyy Things I’ve Been Silent About: Memories of a Prodigal Daughter, The Republic of Imagination: America in Three Books va That Other World: Nabokov and the Puzzle of Exile asarlarini ham yozgan. Uning eng yangi kitobi Read Dangerously: The Subversive Power of Literature in Troubled Times 2022-yil 8-martda nashr etilgan.
2024-yilda Reading Lolita in Tehran asari rejissyor Eran Riklis tomonidan ekranlashtirildi. Filmda Ozar Nafisiyy rolini mashhur eronlik aktrisa Gulshifte Farohoniy ijro etadi. Shuningdek, filmda Zar Amir Ibrohimiy va Mina Kavoniy ham rol oʻynagan. Yoshligi va taʼlimi Nafisiy Eronning Tehron shahrida tugʻilgan. Nejat va Ahmad Nafisiyning qizi. Otasi Ahmad Nafisiy 1961–1963-yillarda Tehron shahar hokimi boʻlgan va oʻsha paytda bu lavozimga tayinlangan eng yosh shaxs hisoblangan. 1963-yilda onasi mamlakat parlamenti – Milliy maslahat majlisiga saylangan birinchi ayollardan biri boʻlgan.
Nafisiy Tehronda ulgʻaygan, biroq 13 yoshida oʻqishini davom ettirish uchun Angliyaning Lankaster shahriga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik Shveysariyada yashagan va qisqa muddatga 1963-yilda yana Eronga qaytgan. Ingliz va Amerika adabiyoti boʻyicha oliy maʼlumotni tugatib, Oklahoma universitetida doktorlik (PhD) darajasini olgan.
1979-yilda Eron inqilobidan soʻng Nafisiy Eronga qaytib, Tehron universitetida ingliz adabiyotidan dars bera boshlagan. 1981-yilda esa hijobni taqishdan bosh tortgani uchun universitetdan haydalgan. Oradan bir necha yil oʻtgach, siyosiy yumshash davrida Alloma Tabotaboiy universitetida dars bera boshlagan. 1995-yilda Nafisiy lavozimidan ketmoqchi boʻlgan, biroq universitet uning isteʼfosini qabul qilmagan. Ishga chiqmay qoʻygach, oxir-oqibat universitet uni ishdan boʻshatgan, lekin isteʼfo berish huquqini ham rasman qabul qilmagan.
1995—1997-yillarda Nafisiy bir guruh talaba qizlarni har payshanba kuni ertalab oʻz uyida uchrashuvlarga taklif qilgan. Ular inqilobdan keyingi Eron jamiyatida ayollarning oʻrni haqida suhbatlashganlar. Uchrashuvlarda adabiy asarlar, jumladan hukumat tomonidan „bahsli“ deb hisoblangan asarlar – masalan, Lolita, shuningdek Madame Bovary oʻrganilgan. Nafisiy shuningdek F. Scott Fitzgerald, Henry James va Jane Austen romanlarini ham oʻqitib, ularni zamonaviy eronlik nuqtayi nazardan tushunish va talqin qilishga harakat qilgan.
Inqilobdan keyin Eronda 18 yil yashagach, 1997-yil 24-iyunda yana Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytgan va hozirgacha oʻsha yerda yashab kelmoqda.
Manbalar