Qoratosh — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi hududning tabiiy-geografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Baxmal tumani togʻli hududlardan iborat bo‘lib, bu yerda turli rangdagi toshlar uchraydi. Qishloq atrofida yirik qora rangdagi toshlar mavjud bo‘lgani sababli aholi punkti Qoratosh deb atalgan.Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari