Milliy yoshlar kuni Ozarbayjon bayramidir. 1997-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev buyrugʻiga koʻra Ozarbayjon yoshlarining I forumi kuni — 2-fevral, „Ozarbayjon Yoshlar milliy kuni“ deb eʼlon qilindiDeclaration of Azerbaijan National Youth Day — February 2 according to the decree signed by the President of the Republic of Azerbaijan, Heydar Aliyev — anl.az.
Tarixi 1996-yil 2-fevralda Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi tashabbusi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev farmoniga binoan Ozarbayjon yoshlarining I forumi oʻtkazildi. Respublikani barcha mintaqalaridan taxminan 2000 nafar yoshlar forumda ishtirok etdi.
Forum davomida ishtirokchilar davlat idoralari, yoshlar tashkilotlari va har bir yosh vakili zimmasidagi masʼuliyatlarni belgilab oldilar. Yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ularning muammolarini hal etish sohasida samarali choralarni amalga oshirish tegishli tashkilotlar uchun asosiy vazifa qilib belgilandi.
Qoʻshimcha maʼlumot Boshqa MDH mamlakatlari va Sharqiy Yevropa mamlakatlari Ozarbayjonda yoshlar kuni nishonlanishidan soʻng oʻzlarining milliy yoshlar kunlarini nishonlay boshladilar.
Dunyo boʻyicha esa faqat 1998-yil 8–12-avgust kunlari Lissabon konferensiyasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 12-avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb eʼlon qilgan.
Manbalar
Turkum:Yoshlar huquqlari Turkum:Yoshlar kuni