Sayid Hasan Axloq () – afg‘on kelib chiqishi bo‘lgan amerikalik akademik, falsafashunos va yozuvchi.
Hayoti Sayid Hasan Axloq 1976-yil 1-iyunda Sayxon shahrida, Bamyan, Afg'onistonda tug‘ilgan. To‘rt yoshida u Eronga ko‘chib o‘tgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktabni Mashhadda tugatgan, so‘ng Qum va Mashhaddagi an’anaviy diniy seminarlarda tahsil olgan.
Shundan so‘ng u Islomiy nazariya va falsafa sohasida tahsil olib,Razavi Islomiy Fanlar Universitetida ta’lim olgan. 2022-yilda Fairfield Universitetida „Afghanistan: Looking Back, Looking Forward — My Journey to Freedom“ mavzusida ma’ruza qilgan.
UImom Xomeyni Xalqaro Universitetida G‘arb falsafasi bo‘yicha magistr darajasini va Allameh Tabatabai Universitetida doktorlik (PhD) darajasini olgan.
Ish faoliyati U Eron va Afg‘onistondagi bir qator universitetlarda o‘qituvchi bo‘lgan, jumladan: Payame Noor Universiteti (2008–2010), Al-Mustafa Xalqaro Universiteti (2006–2010), Afg‘oniston Fanlar Akademiyasi (2010) va Gharjistan Oliy Ta’lim Instituti (2010).
U Afg‘oniston Fanlar Akademiyasining maslahatchisi va Gharjiston Universiteti (Faroh filiali) rektori sifatida faoliyat yuritgan.
U Jorj Vashington Universiteti, Amerika Katolik Universiteti, Prinston Universiteti (University Center for Human Values), Boston Universiteti va boshqa bir qator universitetlarda ma’ruzalar qilgan va tadqiqotlar olib borgan.
Faoliyatlari U Afg‘oniston intellektual jurnali „Rayehey-e-azadi: the smell of freedom“ning bosh muharriri bo‘lgan (2002–2003).
U beshta kitob muallifi va ko‘plab ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi. Maqolalari va tadqiqot ishlari Ayeneh Marefat, Islam Pizuhi, IHCS, Zehn, Human Rights va Nebras kabi ilmiy jurnallarda chop etilgan.
U XXII Falsafa Jahon Kongressi (2008, Seoul) va Amerika Katolik Universitetida (2009) taqdimot qilgan birinchi afg‘on falsafachisi bo‘lgan.
U professional a’zosi: American Academy of Religion, American Association of University Professors, American Philosophical Association va American Council for the Study of Islamic Societies.
Nashr qilingan asarlari
Kitoblar The Secular and The Sacred Complementary and/or Conflictual? (Washington DC, 2017, ) From Rumi to Nietzsche (Qom: Sulok-e Javan, 2007, ) The Philosophical discourse between Islam and the West (Qom: Al-Mustafa International University, 2008, ) The Tradition of Enlightenment in the West and Islam (Tehran: Amir Kabir, 2009, ) From tradition of Balkh to modernity of Paris (Kabul: Nebras Research Institute, 2010) The Philosophical Meditations of Allameh Ghuryani (Kabul: Amiri, 2019) The Etiquette Guidelines of Critical Thinking (Adaab-i DurustAndishi) (Kabul: Maqsudi, ) The Making of Shia Ayatollahs (Rowman & Littlefield, 2023, ) Intellectual and Spiritual Debates in Islam – A Comprehensive Guide to Islamic Discourse’s Intellectual Origins (Cluj University Press, 2023, ) Exiled Scholars in Western Academia: Refugees or Intellectuals? (Palgrave Macmillan Cham, 2025, )
Manbalar
Havolalar
Voice of America – Interview with Dr. Akhlaq (1) Interview with Dr. Akhlaq (2)
Princeton University, University Center for Human Values Boston University The Council for Research in Values and Philosophy HuffingtonPost OpenDemocracy PhilPeople ResearchGate