Anastasiya Vladimirovna Zaxarova (; 2002-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi. Yakkalik bahslari boʻyicha WTA reytingida eng yuqori natijasi — 74-oʻrin (2026-yil 16-mart), juftlik bahslari boʼyicha — 93-oʻrin. ITF ayollar turida oʻn oltita yakkalik va sakkizta juftlik bahslari chempionligini qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati 2021–2023: WTA turida debyut Zaxarova oʻzining WTA turi asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2021-yilgi Polsha ochiq turnirida amalga oshirgan. Sportchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslariga „lucky loser“ yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan. Yaʼni oʼyinlarga yoʼl olgan boshqa sportchi musobaqa ishtirok eta olmasligi tufayli, yoʼllanma keyingi sportchiga, yaʼni Zaxarovaga taqdim etilgan. Zaxarova birinchi davrada Ekaterine Gorgodzega oʼyinni boy bergan.
Sportchi oʻzining ilk WTA turidagi gʻalabasini Xua Xin shahrida oʼtkazilgan 2023-yilgi Tailand ochiq turnirida qayd etgan. Tennischi musobaqada Anna Karolína Schmiedlova ustidan gʼalaba qozonishga muvaffaq boʼlgan. Soʻngra navbatdagi uchrashuvda birinchi raqam ostida saralangan Bianca Andreescuga magʻlub boʻlgan.
2024: Avstraliya ochiq chempionatida uchinchi davra, Gonkong chorak finali Reytingda 190-oʻrinda turgan Zaxarova Avstraliya ochiq chempionati saralashidan oʻtib, Katta dubulgʻa turniridagi debyut ishtirokini amalga oshirdi. U Yuliya Putintseva va Kaya Yuvanni magʻlubiyatga uchratishga erishdi, biroq uchinchi davrada Magdalena Fręchga oʼyinni boy berdi.
Sentyabr oyida Marokashda oʼtkazilgan Jasmin ochiq turnirida Zaxarova birinchi davrada birinchi raqam ostida saralangan Elise Mertensga yutqazdi. Juftlik bahslarida u Alina Korneeva bilan birgalikda finalga chiqdi, biroq raqiblari Anna Blinkova va Mayar Sherif juftligidan magʻlubiyatga uchradi.
Zaxarova oktyabr oyida Gonkong ochiq chempionatida Jan Su-jeongni va yettinchi raqam ostida saralangan Varvara Grachevani magʻlub etib, ilk bor chorak finalga qadar yetib bordi, biroq keyingi bosqichda ikkinchi raqam ostida saralangan Katie Boulterga qarshi oʼyinda magʻlub boʻldi.
2025: Ilk kuchli 30 talik ustidan gʻalaba, birinchi WTA yarim finali Iyun oyida Zaxarova Londondagi Queenʼs Club chempionatiga saralashdan oʻtib, dunyoning 21-raqamli raketka ustasi Donna Vekicni magʻlub etdi. Shu orqali sportchi kuchli 30 talik reytingdagi raqib ustidan ilk gʻalabasini qoʼlga kiritdi. U ikkinchi davrada ikkinchi raqam ostida saralangan Madison Keysga magʻlub boʻldi. Ikki haftadan soʻng Zaxarova Wimbledon turnirining asosiy toʼr bahslarida ilk bor ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʼtishga muvaffaq boʼldi va birinchi davrada Victoria Azarenkani magʻlub etib ikkinchi davraga yoʼl oldi. Ikkinchi davrada esa Zaxarova Dayana Yastremskaga oʼyinni boy berdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar