Dayana Oleksandrivna Yastremska (; 2000-yil 15 mayda tugʻilgan) — ukrainalik professional tennischi va musiqachi. WTA reytingida yakkalik bahslari boʻyicha 21-oʻringa, juftlik yoʻnalishida esa 82-oʻringa koʻtarilgan (ikkalasi ham 2020-yil yanvar oyida). WTA tur doirasida 3 ta unvonni qoʻlga kiritgan. Katta dubulgʻa musobaqalaridagi eng yaxshi natijasi — 2024-yilgi Avstraliya ochiq chempionati boʻlib, ushbu musobaqada yarim finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan

Yoshligi va kelib chiqishi Dayana Yastremska 2000-yil 15-mayda Ukrainaning uchinchi yirik shahri Odessada tugʻilgan. Onasining ismi Marina, otasi Oleksandr Yastremskiy. Uning olti yosh kichik Ivanna ismli singlisi bor. Otasi voleybolchi boʻlgan, shuningdek, Odesa shahar kengashida ham xizmat qilgan. Yastremska 5 yoshida boʻlganida bobosi Ivan uni tennis sporti bilan tanishtirgan. Gimnastika va suzish kabi boshqa sport turlarini ham sinab koʻrgach, Yastremska tennisga eʼtibor qaratishni tanlagan va 12 yoshida shunday degan: „Men tennis tanladim, chunki u juda qiyin va chiroyli. Men mehnatni yaxshi koʻraman va tennisda oʻz yangi tariximni yozmoqchiman“. Sportchi 7 yoshida oʻzining ilk turnirida qatnashib, oʻzidan bir necha yosh katta tennischilar ishtirok etgan musobaqada 3-oʻrinni egallagan. Yastremska tennisdagi muvaffaqiyatini ota-onasi bilan bogʻlab, shunday deydi: „Kichikligimda koʻp narsalardan voz kechishimga toʻgʻri kelgan, ammo hozir bundan afsuslanmayapman… Ota-onamga katta rahmat aytishim kerak, chunki agar ular kerakli paytda meni toʻgʻri yoʻlga undamaganida hozirgi hayotim boʻlmasdi“.

Manbalar

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik ayol tennischilar Turkum:21-asr ukrainalik ayol sportchilar