Fanni Stollár (1998-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — vengriyalik tennischi. WTA reytingida 2025-yil 13-oktyabr kuni juftlik yoʻnalishida 25-oʻringa koʻtarilgan. WTA tur doirasida oʻtkazilgan juftlik bahslarida 5 ta unvon, WTA Challenger turi doirasida esa juftlik bahslari boʻyichda 4 ta unvonni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida 2 karra yakkalik bahslari chempionligiga va 15 karra juftlik bahslari gʻolibligiga sazovor boʻlgan. 2018-yil 19-noyabrda yakkalik yoʻnalishida 114-oʻringa koʻtarilgan.

Vengriya Fed Kubogi jamoasi safida oʻynovchi Stollár musobaqalarda 11 ta gʻalaba, 2 ta magʻlubiyat koʻrsatkichini qayd etgan (2025-yil iyun holati).

Sport faoliyati 2015 2015-yilda Stollár tennischi Dalma Gálfi bilan birga Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasidagi juftlik bahslari chempionligini qoʻlga kiritgan.

2017–2020 Stollár 2018-yilgi Charleston ochiq turnirining ikkinchi bosqichida oltinchi raqamli tennischi Johanna Kontani ketma-ket setlarda magʻlub etgan, biroq keyingi bosqichlarda musobaqa chempioni Kiki Bertensga oʻyinni boy bergan. Sportchi yakkalik yoʻnalishi saralash oʻyinlarida ikkita uchrashuv oʻtkazga va birinchi bosqichda Francesca Di Lorenzoni magʻlub etgan .

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Budapeshtlik tennischilar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar