Arzu Geybulla qizi Geybullayeva (), Arzu Geybulla () nomi bilan ham tanilgan ozarbayjonlik kolumnist, bloger va bir qancha gazeta hamda ommaviy axborot vositalari, jumladan, „Al Jazeera“, „Foreign Policy“, „Global Voices“ va „Agos“ uchun maqolalar yozuvchi jurnalist. Shuningdek, bir nechta notijorat tashkilotlar va tahlil markazlari bilan, jumladan, Milliy demokratik institut hamda Yevropa barqarorlik tashabbusi tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan. 2014-yilda BBCning eng nufuzli ayollar roʻyxatiga kiritilgan. Togʻli Qorabogʻ mojarosi yuzasidan armanlar va ozarbayjonliklar oʻrtasida tinch yoʻl bilan yechim topishni targʻib qiladi. Biroq soʻnggi yillarda, asosan, Ozarbayjon tomondan, asosan, „Agos“ gazetasi bilan ishlagani sabab turli tahdidlarga duch kelgan. Bu tahdidlar turli inson huquqlari tashkilotlari tomonidan xalqaro miqyosda qoralangan.

Hayoti va faoliyati Arzu Geybullayeva 1983-yil avgust oyida Ozarbayjonning Boku shahrida tugʻilgan. Uning otasi Geybulla Geybullayev professor boʻlgan. Geybullayeva Turkiyaning Anqara shahridagi Bilkent universitetida xalqaro munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U keyinchalik London iqtisodiyot maktabida tahsilini davom ettirib, global siyosat yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini egallagan. Shundan soʻng Geybullayeva Londondagi Oxford Business Group kompaniyasida tadqiqotchi sifatida faoliyatini boshlagan va Afrika hamda Osiyodagi koʻplab loyihalarda ishtirok etgan. Shuningdek Liviya bozoriga oid batafsil bozor tadqiqoti tahlilini taqdim etgan. U Bokuda Milliy demokratik institut (NDI)da ishlagan. NDI doirasida u mahalliy siyosatchilar va yosh faollar bilan yaqindan hamkorlik qilgan.

Manbalar

Havolalar

Flying Carpets and Broken Pipelines (Geybullayevaning blogi)

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Bokulik jurnalistlar Turkum:Ozarbayjonlik faollar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik inson huquqlari faollari