Shahzoda Murod (; 1495-yilda Amasya tumanida tugʻilgan — 1519-yil 16-oktyabrda Koshon yoki Isfahonda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, shahzoda Ahmedning oʻgʻli, sulton Boyazid II ning nabirasi, sulton Boyazid II () taxt vorisligi atrofidagi tartibsizliklarda ishtirok etgan.

Murodning otasi Ahmad oʻzining oʻgay ukasi Shahzoda Salim (boʻlajak sulton Salim I) bilan otasining taxti uchun kurash olib borgan. Bu kurash davomida Ahmadni qoʻshni Safaviylar imperiyasining shohi Shoh Ismoil I (1501–1524) qoʻllab-quvvatlangan. Ahmad bu kurashda gʻolib chiqan sulton Salim tomonidan qatl etilgach, shahzoda Murod keyinchalik taxtga daʼvogar sifatida Ismoil I koʻmagiga ega boʻldi. Ismoil I Muroddan Salimga qarshi muxolifatni safarbar etish uchun foydalanmoqchi edi. 1512-yilda Nur-Ali Xalifaning Onadoʻlidagi keng koʻlamli yurishi paytida Murod uning yurishiga qoʻshildi va hatto qizilboshlilar tojini kiydi. Salimning josuslaridan olgan maʼlumotiga koʻra (1512-yil dekabr / 1513-yil yanvar) goʻyoki Ismoil I Onadoʻlini zabt etib, Rum beklarbekligini Murodga berishni, hududning qolgan qismini esa qizilboshlilar boshqarishini istagan. Murod uchun moʻljallangan safaviylarning bunday yordami amalga oshmagach, reja bekor qilindi va Murod Safaviylar imperiyasiga koʻchib oʻtdi. U yerda unga boshpana berildi. Shahzoda Murod 1519-yil 16-oktyabrda Koshonda yoki Isfahonda tabiiy sabablarga koʻra vafot etgan.

Shoh Ismoil I ning bu tarzda sulton Salim I ning raqiblarini qoʻllab-quvvatlashi 1514-yildagi hal qiluvchi Chaldiron jangiga olib kelgan asosiy urush sabablaridan biri boʻlgan.

Farzandlari Murodning joriyalaridan hech birining shaxsi maʼlum emas, biroq uning kamida ikki oʻgʻli va bir qizi boʻlgan: Shahzoda Mustafo (Salim I tomonidan 1513-yil 14-may Amasyada oʻldirilgan) Shahzoda Mehmed (Salim I tomonidan 1512-yil sentyabr yoki oktyabrda Amasyada oʻldirilgan) Asitanshoh Sulton

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1495-yilda tugʻilganlar Turkum:1519-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari