Hafs (, ; milodiy 706–796-yillar; hijriy 90–180-yillar) islomiy anʼanaga koʻra, Qur’on qiroati (qiroat)ning yetti kanonik usulidan birining asosiy roviylaridan biri boʻlgan. Uning ustoz Osim ibn Abu an-Najud orqali kelgan usuli musulmon olamining aksariyat qismida eng ommabop usulga aylanganBewley, Aishah. "The Seven Qira'at of the Qur'an" , Aisha Bewley's Islamic Home Page.

Hafs Osimning shogirdi boʻlishdan tashqari, uning kuyovi ham ediPeter G. Riddell, Early Malay Qur'anic exegical activity, p. 164. Taken from Islam and the Malay-Indonesian World: Transmission and Responses. London: C. Hurst & Co., 2001. . Bagʻdodda tugʻilgan Hafs keyinchalik Makkaga koʻchgan va u yerda qaynotasining qiroat usulini ommalashtirgan.

Soʻngra, Hafsning Osim uslubidagi qiroati Misrning rasmiy usuli etib belgilandiCyril Glasse, The New Encyclopedia of Islam, p. 268. Intr. by Huston Smith. Lanham: Rowman & Littlefield, 2003. . 1923-yilda Misr qiroli Fuod I homiyligida Qurʼonning Misrda standart bosma nusxasi sifatida rasman qabul qilingan edi. Bugun Qurʼon nusxalarining aksariyati Hafs qiroatiga amal qiladi. Shimol va Gʻarbiy Afrikada esa Varsh qiroatiga ergashish moyilligi kuchliroqAisha Geissinger, Gender and Muslim Constructions of Exegetical Authority: A Rereading of the Classical Genre of Qurʾān Commentary, pg. 79. Leiden: Brill Publishers, 2015. .

Manbalar

Turkum:706-yilda tugʻilganlar Turkum:796-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Qur’on qiroatlari Turkum:Makkalik kishilar Turkum:Bagʻdodlik kishilar Turkum:Kufalik kishilar Turkum:Iroqlik sunniy musulmonlar