Qiyin davrlar uchun toʻgʻri iqtisodiyot (; toʻliq nomi: Good Economics for Hard Times: Better Answers to Our Biggest Problems) — Massachusets texnologiya instituti iqtisodiyot professorlari Abhijit V. Banerjee va Esther Duflo tomonidan yozilgan, 2019-yilda nashr etilgan nobadiiy kitob. Asar 2019-yil 129-noyabrda AQSHda PublicAffairs, Hindistonda Juggernaut Books va Buyuk Britaniyada Allen Lane nashriyotlari tomonidan chop etilgan. Kitob iqtisodiy tadqiqotlardagi soʻnggi ishlanmalarga tayanib, zamonaviy iqtisodiyotlar va butun dunyo jamiyatlari duch kelayotgan dolzarb muammolarga yechimlar taklif qiladi. Ushbu muammolar qatoriga quyidagilar kiradi: iqtisodiy oʻsishning sekinlashishi, immigratsiya, daromadlar notengligi, iqlim oʻzgarishi, globallashuv, texnologik ishsizlik. Bu mualliflarning 2011-yilda nashr etilgan „Poor Economics: A Radical Rethinking of the Way to Fight Global Poverty“ kitobidan keyingi ikkinchi hammualliflikda yozilgan asari, shuningdek, 2015-yilda oila qurganlaridan keyingi birinchi kitobidir. Asar Abhijit V. Banerjee va Esther Dufloning (Harvard universiteti professori Michael Kremer bilan birgalikda) Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan bir oy oʻtib nashr etilgan.

Qisqacha mazmuni Banerjee va Duflo iqtisodiy tadqiqotlardagi soʻnggi yangiliklarga tayanib, zamonaviy iqtisodiyotlar va butun dunyo jamiyatlari duch kelayotgan dolzarb muammolarga yechimlar taklif qiladilar. Bu muammolar qatoriga iqtisodiy oʻsishning sekinlashishi, immigratsiya, daromadlar notengligi, iqtisodiy oʻzgarishlar, globallashuv va texnologik ishsizlik kiradi. Kitobda muhojirlar ish haqini pasaytiradi va mahalliy ishchilarning ishini tortib oladi degan qarashga qarshi dalillar keltiriladi. Shuningdek, mualliflar qashshoqlikda yashayotgan insonlar koʻpincha ularga nisbatan bildiriladigan stereotiplardan farqli oʻlaroq, moliyaviy masalalarda ancha oqilona qarorlar qabul qilishini taʼkidlaydilar.

Nashr etilishi va targʻiboti 2019-yil oktyabr oyida Banerjee kitobni targʻib qilish maqsadida Hindistonga safar qildi va mamlakat poytaxti Nyu-Dehli hamda oʻzi tugʻilib oʻsgan Kalkutta shahrida nutq soʻzladi. Safar davomida u Bosh vazir Narendra Modi bilan uning Nyu-Dehlidagi rasmiy qarorgohi — 7, Lok Kalyan Margda uchrashdi. Duflo esa 2019-yil 5-noyabr kuni London iqtisodiyot maktabidada kitob haqida maʼruza qildi.

Taqrizlar Publishers Weekly nashri kitobni yuqori baholab, shunday yozdi: „Banerjee va Dufloning argumentlari oʻziga xos hamda yangi fikrlarga ochiq boʻlib, keltirilgan dalillar juda aniq taqdim etilgan. Zamonaviy iqtisodiy masalalar boʻyicha yangicha qarashlarni qidirayotgan siyosatchilar va oddiy kitobxonlar ushbu maʼrifiy kitobdan zavq oladilar“.

Kirkus Reviews ham ijobiy taqriz berib, asarni quyidagicha taʼrifladi: "Baʼzi oʻrinlarda haddan tashqari ilmiy boʻlib tuyulsa-da, umuman olganda, ushbu „gʻamgin fan“ dunyoni qanday qilib gʻamini kamaytirishi mumkinligi haqida yaxshi asoslar keltirilgan".

The Guardian nashri uchun yozgan taqrizida gretsiyalik iqtisodchi va siyosatchi Yanis Varoufakis kitobni maqtadi. U asarni „soxta faktlarning uslubiy tahlili“ hamda „iqtisodiyotni asossiz tanqid qilishning eng xavfli shakllariga qarshi ajoyib dori“ deb atadi.

Nicholas Kristofning yozishicha, Banerjee va Duflo ushbu kuchli asari orqali „boylar uchun yuqori soliqlar belgilanishiga qarshi boʻlgan anʼanaviy argumentlarni parchalab tashlaganlar“.

Kitob William Easterly, Thomas Piketty, Emmanuel Saez, Robert Solow, Daron Acemoglu, Pinelopi Goldberg va Raghuram Rajan kabi taniqli iqtisodchilar, shuningdek, huquqshunos olim Cass Sunstein tomonidan ham eʼtirof etilgan.

Nashr tarixi

Manbalar

Turkum:Kambag‘allik haqidagi kitoblar