Ylym () — Turkmaniston Fanlar akademiyasi qoshida faoliyat yurituvchi, 1952-yilda Ashxobodda tashkil etilgan turkman davlat ilmiy nashriyoti.

Tarixi Ylym nashriyoti 1952-yil fevral oyida Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi qoshidagi nashriyot sifatida tashkil etilgan. Nashriyot ilgari SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filialida nashr etilgan bosma mahsulotlarni chiqarishni davom ettirgan. 1963-yil noyabr oyida nashriyot „Turkmaniston“ nashriyoti bilan birlashtirilgan va Turkmaniston SSR Davlat nashriyot qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazilgan. Bu davrda nashrlar hajmi keskin qisqaradi. 1966-yil 1-oktyabrda nashriyot Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi tasarrufiga qaytariladi. Turkmaniston mustaqillikka erishgandan soʻng, nashriyot Turkmaniston Fanlar akademiyasi qoshida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Faoliyati Nashriyot 1950—1980-yillarda 20616 bosma mahsulotlarni, shundan 17268 kitoblar va risolalarni nashr etgan. Nashriyot fundamental monografiyalar, jumladan, „Turkmaniston SSR tarixi“ (1957, ikki jildlik), „Sovet Turkmanistonining qishloq xoʻjaligi va dayxonlik tarixi“ (1979), „Turkman adabiyoti tarixi“ (1967—1982, olti jildlik) chop etgan. Nashriyotda „Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi xabarlari“ (fizika-texnika, kimyo va geologiya fanlari; biologiya fanlari; ijtimoiy fanlar seriyasi), „Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi asarlari“, „Choʻllarni oʻzlashtirish muammolari“ () kabi ilmiy jurnallarni nashr qilgan. Nashriyot, shuningdek, tematik toʻplamlar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va ilmiy-ommabop risolalarni chop qilgan.

Statistikasi Nashriyot tomonida oʻn yilliklar davomida (shu jumladan SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filiali tomonidan): 1940-yillarda 500 ga yaqin varaq, 1950-yillarda taxminan 3000 varaq, 1960-yillarda taxminan 5500 varaq, 1970-yillarda taxminan 7500 varaqdan iborat bosma mahsulotlar chiqarilgan.

Manbalar

Turkum:Turkmanistonda fan va texnologiya Turkum:Akademik nashriyot