Petr Čech (talaffuzi: Petr Chex; 1982-yilning 20-mayida tugʻilgan) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir. UEFA Chempionlar Ligasi 2004-2005 va 2006-2007 mavsumlari eng yaxshi darvozaboni, deb topilgan. Tarjimai holi Petr Čech Chexiya (u paytlarda Chexoslovakiya)ning Plzeň shahrida tavallud topgan. Shu shahar klubida bolalik yillaridan futbol oʻynashni boshlagan. Avvalboshda yarimhimoyachi/hujumchi boʻlgan Petr oyogʻini 10 yoshida sindirganidan soʻng darvozabonlikka oʻtgan. 17 yoshida FK Chmel Blšany klubiga koʻchgan. 2001-yili u 700 ming € evaziga AC Sparta Praha klubiga oʻtdi. 855 daqiqa gol oʻtkazmaay milliy rekord oʻrnatgan Petr bilan Stade Rennais FC klubi qiziqib qolib, uni 5 million € ga sotib oldi. 2004-yilda esa Petr Čech Chelsea F. C. klubi bilan 5 yillik shartnoma (10,3 million €) imzoladi.

2006-yil oktyabrida Čech Reading klubi bilan matchda boshidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur boʻldi (shunisi qiziqki, uning oʻrniga maydonga tushgan Carlo Cudicini ham oʻsha matchda jarohatlanib, hushsiz holda maydondan chiqarildi; match oxirigacha John Terry darvozada turishga majbur boʻldi). Bosh chanogʻi singan Čech 2007-yilgacha futbol oʻynamadi. 2007-yil yanvarida esa u regbichilar bosh kiyimi bilan oʻyinga qaytdi.

Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Petr Čech at Czech.cz (ice hockey)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FK Chmel Blšany futbolchilari Turkum:AC Sparta Prague futbolchilari Turkum:Stade Rennais FC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Chexiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Chexiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:„Chelsea F.C. Yil oʻyinchisi“ sovrini gʻoliblari