Golbarg Boshi (; 1974-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — feminist. Yaqin Sharqda inson huquqlari va Erondagi ayollarning ahvoli haqida bir qancha asarlar nashr ettirgan va maʼruzalar oʻqigan.
Biografiyasi Golbarg Bashi 1974-yil 6-yanvarda Eronning Ahvoz shahrida tugʻilgan va Shvetsiyada ulgʻaygan. Maktab taʼlimidan soʻng Manchester hamda Bristol universitetlarida tahsil olgan. Shuningdek, Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetidan doktorlik darajasini egallagan. Uning doktorlik tadqiqoti Erondagi inson huquqlari diskursining feministlar nuqtayi nazaridan tanqidiy tahliliga qaratilgan edi.
Bashi 2017-yilda chop etilgan „P is for Palestine: A Palestine Book“ bolalarga atalgan kitob muallifi boʻlib, bu kitob Falastin haqida ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan yozilgan ingliz tilidagi alifbo hisoblanadiPalestine Book Awards, 2018 Middle East Monitor 2018. 29 November 2018. Kitob, shuningdek, Falastin millatchiligini ham targʻib qiladiNJ LIBRARY POSTPONES READING BY 'P IS FOR PALESTINEʼ AUTHOR 9 September 2019.
2016-yilda Bashi AQSh oʻyinchoq sanoati mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan va Women In Toys (Oʻyinchoqlar olamidagi ayollar) tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan „Wonder Womanʼ Awards“ tanlovining Dizayner/Ixtirochi nominatsiyasi yakuniy qisqa roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu mukofotga nomzod boʻlganlar qatorida Disney, Mattel, Lego va Hasbro kompaniyalarining rahbarlari ham bor ediWeltch Media, 2016 Weltch Media, UK. 29 November 2018.
Bashi, shuningdek, tasviriy sanʼat bilan ham shugʻullanadi. Uning tasvirlari The New York Times, Aljazeera English, CNN, BBC News va Amnesty International jurnallarida chop etilgan.
2002-yilda Bashi Shvetsiya Yashillar partiyasiga aʼzo boʻlgan va partiyaning Ayollar qoʻmitasiga ijroiya aʼzo etib saylangan. U, shuningdek, 2002-yilda Kramfors shahri uchun Shvetsiya munitsipal saylovlarida Yashillar partiyasidan nomzod sifatida tanlangan.
Shaxsiy hayoti Golbarg Bashi Kolumbiya universiteti professori Hamid Daboshi bilan turmush qurgan, biroq keyinchalik ular ajrashgan. Juftlikning ikki farzandi bor. Bashi — ateistAtheism: A Non-believing Shi’i’s Perspective Golbarg Bashi’s official blog. 21 December 2014 .
Yana qarang Uchinchi dunyo feminizmi Eronda ayollar huquqlari harakati
Manbalar
Havolalar Rasmiy bosh sahifa Golbarg Boshining fotosuratlari
Turkum:Eron feministslari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ahvozliklar Turkum:Eronda ayollar huquqlari Turkum:Eronlik feminist yozuvchilar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar