Johannes Pietsch (talaffuzi: Yohannes Pich; 2001-yil 29-aprelda tugʻilgan), shuningdek, JJ taxallusi bilan tanilgan — avstriyalik xonanda. U „Wasted Love“ qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2025da Avstriya nomidan ishtirok etib, tanlov gʻolibiga aylangan.

Yoshligi Pietsch 2001-yil 29-aprelda Vena shahrida tugʻilgan. Uning otasi avstriyalik, onasi esa filippinlikdir. U bolaligining asosiy qismini Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkazgan. Bu yerda u oilasi bilan oʻtkazilgan karaoke kechalari orqali pop musiqasi bilan, otasi orqali esa opera bilan tanishgan. Ushbu ikki janr uning hozirgi pop-opera uslubiga katta taʼsir koʻrsatgan. 2016-yilda uning oilasi Vena shahriga qaytib koʻchib oʻtgan.

Musiqiy faoliyati 2020-yilda Pietsch „The Voice UK“ loyihasining toʻqqizinchi mavsumida ishtirok etgan. U oʻz ustozi will.i.am yordamida loyihaning „Nokaut“ (Knockouts) bosqichiga qadar yetib borgan. Keyingi yili u „Starmania“ telekoʻrsatuvining beshinchi mavsumida qatnashib, birinchi final bosqichigacha borgan. U Vena davlat operasining opera maktabida tahsil olganidan soʻng, Vena shahri musiqa va sanʼat universitetida (Music and Arts University of the City of Vienna) oʻqishni davom ettirgan.

2025-yil 30-yanvarda Pietsch tomonidan JJ taxallusi ostida ijro etilgan „Wasted Love“ qoʻshigʻi ORF tomonidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2025da Avstriya nomidan ishtirok etishi eʼlon qilingan. Qoʻshiq JJ, Avstriyaning 2023-yilgi vakili Teodora Špirić va musiqiy prodyuser Thomas Thurner tomonidan hamkorlikda yozilgan hamda 2025-yil 6-martda chiqarilgan. 17-may kuni boʻlib oʻtgan finalda u 436 ball toʻplab, gʻalaba qozongan. U hakamlar ovozida 258 ball, tomoshabinlar ovozida esa 178 ball olgan. U Eurovision tarixida gʻolib boʻlgan birinchi janubi-sharqiy osiyolik, shuningdek, 2000-yillarda va XXI asrda tugʻilgan birinchi yakkaxon gʻolib boʻldi.

2025-yil dekabr oyida JJ Eurovision Awards mukofotining „Eng yaxshi vokal“ (Outstanding Vocals) va „Yilning eng yaxshi muqovasi“ (#ALBM Cover of the Year) nominatsiyalarida gʻolib chiqqan. Ushbu muvaffaqiyatga u Conchita Wurst bilan birgalikda ijro etgan „Rise Like a Phoenix“ va „Wasted Love“ qoʻshiqlarining mashupi orqali erishgan.

Musiqiy uslubi Pietschning musiqiy uslubi opera va pop elementlarini oʻzida birlashtiradi. U sopranist (yuqori soprano pardalariga chiqa oladigan kontratenor turi) sifatida har ikki janrni ham kuchli va ekspressiv vokal hamda talqin orqali oʻrganadi.

Shaxsiy hayoti Pietsch nemis, ingliz va tagal tillarida soʻzlashadi. U oʻzini queer deb bilishini hamda Avstriyadagi kvir hamjamiyatining ovozi boʻlishni istashini taʼkidlagan. Eurovisiondagi gʻalabasidan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanida u sevgilisi borligini aytgan.

Tanlovdan soʻng Pietsch 2025-yilgi tanlovda Isroilning ishtirok etishidan „hafsalasi pir boʻlgani“ni bildirgan. U „El País“ nashriga bergan intervyusida: „Men keyingi yil Eurovision Vena shahrida oʻtkazilishini xohlardim, lekin Isroilsiz. Qaror Yevropa teleradioittifoqi (EBU) qoʻlida. Biz, artistlar, faqat bu borada oʻz ovozimizni koʻtarishimiz mumkin“, — deya taʼkidlagan.

Diskografiyasi EP (mini-albomlar) Into the Unknown (2026-yil 14-mayda chiqarilgan)

Singllar Sarlavha Yil Chart (AUT) Albom „Wasted Love“ 2025 1 Into the Unknown „Back to Forgetting“ 2025 61 „Haunting Me“ 2025 —

Mukofotlar va nominatsiyalar Yil Mukofot Turkum Natija Manba 2025 Eurovision Awards Outstanding Vocals #ALBM Cover of the Year 2026 Amadeus Austrian Music Awards Ö3 Yil qoʻshigʻi

Manbalar

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Vena shahridan boʻlgan xonandalar Turkum:Avstriya xonandalari Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari Turkum:Kvir insonlar Turkum:Avstriyalik qoʻshiqnavislar