Pavel Bugalo (; 1974-yilning 21-avgustida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi darvozaboni va sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati U 1996 va 1997-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynab, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻlgan. Keyinchalik u Rossiyada „Alaniya Vladikavkaz“ va Qozogʻistonda oʻynadi va 2002-yilda „Jenis Astana“ bilan kubok chempioni boʻldi. Shuningdek Qozogʻistonda „Jetisu“ va „Ordabasi“ tarkibida ham toʻp surdi.

2007—2010-yillarda „Bunyodkor“ safida toʻp surgan va 2008-yilda Oʻzbekiston chempionati va kubogida gʻolib chiqqan. 2010-yil davomida u „Andijon“ klubi safini himoya qilgan. 2011-yilda poytaxtning boshqa klubi Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi va u yerda 3 mavsum toʻp surdi. 2013-yil dekabr oyida u „Lokomotiv“ni tark etib, „Bunyodkor“ga qaytdi va klub bilan shartnoma imzoladi. 2013-yilning dekabr oyida „Lokomotiv“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga qaytdi va u bilan shartnoma imzoladi va shu klubdagi professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, biznes bilan shugʻullana boshlagan. Hozir „AGMK“ klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro faoliyati Bugalo 1995-yildan 2007-yilgacha futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan. Milliy terma jamoa tarkibida 1996-yilda BAAda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi va 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi ishtirokchisi boʻlgan.

Yutuqlar

Klub

„Paxtakor“

Oʻzbekiston ligasi (2): 1992, 1998 Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 1993 Oʻzbekiston kubogi (2): 1993, 1997; Jenis Qozogʻiston kubogi (1): 2002; Bunyodkor Oʻzbekiston ligasi (1): 2008, 2009 Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2007 Oʻzbekiston kubogi (1): 2008, ; Lokomotiv Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013

Individual

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2): 1996, 1997Uzbekistan – Footballer and Coach of the Year // rsssf.com, 16 maya 2008

Manbalar

Havolalar Quruvchi PFK futbolchilari profillari

Pavel Bugalo Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chirchiq kishilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi