Elham Yusufyan (forscha: الهام یوسفیان) — eronlik inson huquqlari boʻyicha advokat va nogironlar huquqlari himoyachisi. U International Disability Alliance (IDA) hamda Xalqaro qochoqlarga yordam loyihasi tashkilotlarida faoliyat yuritgan. Yusufyan iqlim oʻzgarishi boʻyicha tadqiqot va rejalashtirishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qamrab olish tarafdori sifatida kampaniyalar olib boradi.

Hayoti Elham Yusufyan Eronda tugʻilgan. Uning koʻzi ojiz. Yusufyan London iqtisodiyot maktabi (LSE) universitetida inson huquqlari huquqi boʻyicha magistr darajasini olgan. Universitetni tamomlagach, u Eronda jinoyat huquqi va oila huquqi sohasida advokatlik qilgan.

Yusufyan 2008-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini Eron hukumati tomonidan qabul qilinishi tarafdori boʻlgan. U Eronda nogironlar huquqlari buzilishlarini hujjatlashtirish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 2015-yilgacha Daniya qochqinlar kengashi tashkilotida himoya boʻyicha xodim sifatida Erondagi afgʻon qochqinlari bilan ishlagan.

2015-yilda Yusufyan AQShning Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan. 2019–2023-yillarda u International Disability Alliance (IDA) tashkilotida inklyuziv gumanitar harakatlar va ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan. Ushbu tashkilot nogironligi boʻlgan shaxslarni ifodalovchi 1 100 dan ortiq tashkilotlardan iborat global tarmoqdir. 2024-yilda Yusufyan AQShdagi notijorat Xalqaro qochoqlarga yordam loyihasi tashkilotiga nogironlik inklyuziyasi va qulayliklar boʻyicha direktor sifatida qoʻshilgan. U gumanitar harakatlarda nogironligi boʻlgan shaxslarni qamrab olish boʻyicha Reference Group hamraisi hisoblanadi.

Yusufyan interseksionallik va nogironlikni qamrab oluvchi iqlim oʻzgarishi tadqiqotlari hamda rejalashtirish zarurligini taʼkidlagan, chunki iqlim oʻzgarishi nogironligi boʻlgan shaxslarga nomutanosib darajada taʼsir koʻrsatadi. U xalqaro tadbirlardagi qulayliklarning yetishmasligini tanqid qilgan, jumladan 2022-yilgi BMT ning iqlim oʻzgarishlari (COP27) konferensiyasida rezolyutsiya loyihalarini oʻqish qiyin boʻlganini aytgan. Shuningdek, u konferensiyadagi „Disability Inclusion in Climate Action“ mavzusidagi yon tadbirda nutq soʻzlagan. 2022-yilgi BMT ning iqlim oʻzgarishlari konferensiyasi (COP28) davomida u Adolatli oʻtish yoʻllari boʻyicha ish dasturida nogironligi boʻlgan shaxslarni qamrab olishni targʻib qilgan paneldagi uch nafar maʼruzachidan biri boʻlgan.

Yusifiyon 2024-yil mart oyida Xalqaro qochoqlarga yordam loyihasi tashkilotiga nogironlik inklyuziyasi va qulayliklar boʻyicha direktor sifatida qoʻshilgan. 2025-yilda u Rossiya-Ukraina urushi davrida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yuzaga kelgan „inqiroz ichidagi inqiroz“ haqida gapirgan. U Common Dreams nashrida Amerikadagi nogiron qochqinlar hayoti haqida maqolalar yozgan.

Mukofotlar Yusufyan 2023-yilda BBCning 100 ayoli roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar