Michela Pace (2001-yil 25-yanvarda tugʻilgan) — maltalik xonanda. U 2019-yilda Maltadagi „The X Factor“ tanlovining ilk mavsumida gʻolib boʻlgan. Gʻoliblik mukofoti sifatida u Malta nomidan „Eurovision–2019“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. „Chameleon“ qoʻshigʻi bilan Michela 107 ball toʻplab, 14-oʻrinni egallagan. U, shuningdek, Sony Music Italy bilan shartnoma imzolagan. U yunon va italyan millatiga mansub.

Diskografiyasi

Singlari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom EST GRE NLD ICE LTU SCO SWE Chameleon 2019 29 65 73 38 23 86 69 rowspan="4" Say It First 2020 —  —  —  —  —  — — Ritrova te stesso —  —  —  —  —  — —Lost in the Shadows 2022 —  —  —  —  —  — —

Hamkorlikda chiqarilgan singllar + Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom MLTPeak chart positions for singles in Malta: „Under Pressure“: Cannonball 2019 — Albomdan joy olmagan Say It First 2020 — One More 2021 — „Skin Deep“ 2022 — Welcome Here — Tridx tkun tiegħi dan il-milied? 2023 — Under Pressure 2024 4

Mukofotlar 2019-yil — „Lovin Music Awards“ mukofotida „Eng yaxshi istiqbolli ayol ijrochi“ va „Eng yaxshi musiqiy videoklip“ („Chameleon“) yoʻnalishlarida gʻolib boʻlgan. 2020-yil — „Malta Music Awards“ mukofotida „Yil kashfiyoti“ va „Eng yaxshi videoklip“ („Chameleon“) nominatsiyalarida gʻolib chiqqan. Shuningdek, „Eng yaxshi qoʻshiq“ („Chameleon“ va „Cannonball“) nominatsiyasiga ham tavsiya etilgan. 2020-yil — „Bay Music Awards“ mukofotida „Eng yaxshi musiqiy videoklip“ („Cannonball“) nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, „Eng yaxshi ayol ijrochi“ hamda „Eng yaxshi qoʻshiq“ („Cannonball“ va „Say It First“) nominatsiyalariga tavsiya etilgan.

Manbalar

Turkum:Maltalik Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari Turkum:Gozoda tugʻilganlar Turkum:Maltalik pop qoʻshiqchilar