Vítor Machado Ferreira (Vitinha () nomi bilan tanilgan; 2000-yil 13-fevralda tugʻilgan) — yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradigan portugal professional futbolchisi boʻlib, u Ligue 1 klubi Paris Saint-Germain va Portugaliya milliy terma jamoasi safida faoliyat yuritadi. Dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sifatida tan olingan Vitinha toʻp nazorati, mehnatsevarlik va oʻyin tashkil etish qobiliyatlari bilan ajralib turadi.
Porto futbol klubining akademiyasida kamol topgan Vitinha 2020-yilda asosiy jamoaga jalb qilindi. U 2020-yilning sentyabrida Angliya Premyer-ligasining Wolverhampton klubiga ijaraga berildi va keyingi mavsumda Portoga qaytdi. Porto safida u ichki ikki kubokni qoʻlga kiritishda muhim oʻrin tutdi hamda liganing eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. 2022-yilning iyun oyida Paris Saint-Germain jamoasiga transfer qilindi. 2024–25-yilgi mavsumda Vitinha PSJ jamoasining kontinental treblni qoʻlga kiritishida va oʻz tarixida birinchi bor UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlishida asosiy figuralardan biri boʻLDI. Bu yutuqlari uchun u Oltin toʻp saylovida uchinchi oʻrinni egalladi va 2025-yilda FIFPRO World XI roʻyxatiga kiritildi.
Vitinha Portugaliya yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, turli yosh toifalarida mamlakati sharafini himoya qilgan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha terma jamoa tarkibida mos ravishda 2019-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va 2021-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Vitinha 2022-yilda milliy terma jamoa safida debyut qildi hamda 2022-yilgi jahon chempionati va 2024-yilgi Yevropa chempionati turnirlarida ishtirok etdi. 2025-yilda esa UEFA Millatlar ligasi gʻolibi boʻldi.
Manbalar
Havolalar
Vitinha at the Paris Saint-Germain FC website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:FC Porto B futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:fransiyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar