Qays Abdurashid yoki Qays Abdulrashid () islomdan keyingi rivoyatlarga koʻra, pushtunlarning afsonaviy asoschisi sifatida tilga olinadiIslamic conquest of Afghanistan. Bunday siymoning shakllantirilishi mintaqaga arablarning taʼsiri kuchayganidan keyin diniy va etnik oʻzliklar oʻrtasida uygʻunlikni qaror toptirish maqsadida targʻib qilingan deb hisoblanadi. Uning islomning ilk davrlarida Arabistondagi Makka va Madinaga sayohat qilib, islomni qabul qilgani aytiladi. Biroq bu afsonadan farqli oʻlaroq, islom dini Afgʻonistonga birdaniga emas, balki muayyan vaqt davomida kirib kelgan va tarqalgan.
Genealogiyasi Baʼzi afgʻon nasabshunoslari Qays Abdurashidni afsonaviy shaxs Talutning nabirasi Malak Afgʻona orqali Benyamin qabilasi podshohi Talutning (yoki Saul, hukmronligi miloddan avvalgi taxminan 1050–1010) 37-avlodi sifatida qayd etadiDawn, The cradle of Pathan culture , by Alauddin Masood, 4 April 2004.Niamatullah’s history of the Afghans, Volume 1, Niʻmat Allāh, Nirod Bhusan Roy, Santiniketan Press, 1958, pg. 5..
Islom ensiklopediyasiga koʻra, pushtunlarning qadimgi isroilliklardan kelib chiqishi nazariyasi „Tarixi Xon Jahoni va Mahzani Afgʻoni“ () asariga borib taqaladi. Bu tarixiy asar XVII asrda Boburiylar imperatori Jahongir hukmronligi davrida Nimatulloh al-Haraviy tomonidan tuzilgan.
Afsona Afsonaga koʻra, Qays hozirgi markaziy Afgʻonistondagi Gʻur mintaqasida tugʻilgan. Islom dini paydo boʻlgani haqida eshitgach, qabilasi uni hozirgi Saudiya Arabistonidagi Arabiston yarimorolining Madina shahriga yuborgan. Qays u yerda paygʻambar Muhammad bilan uchrashib, islomni qabul qilgan va Muhammad unga Abdurashid deb ism bergan. Soʻng Gʻurga qaytib, qabilasi orasida islomni yoygan. Tarixchi Mauntstuart Elphinstonening soʻzlariga koʻra, afsonada paygʻambar Muhammadning mashhur sarkardasi va hamrohi Xolid ibn al-Valid Qaysni paygʻambar bilan tanishtirgan.
Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga koʻra, Qaysning toʻrt oʻgʻli boʻlgan. Ular Sarban (), Bet () va Gʻargʻaxt (). Khyber. ORG.. Uning oʻgʻillari oʻz nomlari bilan atalgan yirik qabila ittifoqlari Sarbani, Bettani va Gʻargʻashtiga asos solgan. Afsonaning bir necha talqini mavjud, jumladan, ayrim mintaqaviy variantlarda toʻrt afsonaviy aka-ukaning faqat bittasi, ikkitasi yoki uchtasining nomi tilga olinadi.
Joylashuvi Bir afsonaga koʻra, Qays umrining oxirlaganini sezgach, oʻgʻillaridan uni Gʻurdan Sulaymon togʻlariga olib borib, ajdodi Malak Afgʻona dafn etilgan joyga qoʻyishni soʻragan. U vafotidan keyin Taxti Sulaymon (Sulaymon taxti) tepasiga dafn etilgan. Bu joy Da Kasi Gʻar ( — Qays togʻi) deb ham atalib, Pokistondagi FATA okruglariga qarashli Dera Ismoil Xon chegaraoldi hududidagi Darazinda qishlogʻi yaqinida, Dera Ismoil Xon chegaraoldi hududining ham Janubiy Vaziriston, ham Balujistonning Job okrugi bilan chegaralari kesishgan joyga yaqin hududda joylashgan. Baʼzi kishilar, asosan, yoz faslida bu yerga tashrif buyuradilar, chunki qishda qor yogʻishi yuqoriga koʻtarilishni qiyinlashtiradi. Qays qabri oldida ular biror hayvon, odatda qoʻy yoki echkini qurbonlik qiladilar.
Boshqa bir afsonaga koʻra esa, Qays hozirgi shimoliy Afgʻonistondagi Balx mintaqasida yashagan. U yerdan uning turli avlodlari janub, gʻarb va sharqqa koʻchib ketgan.
Yana qarang Imru al-Qays — islomdan oldingi arab shoiri, uning hayoti va afsonasi Qays Abdurashid haqidagi rivoyatlarga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. Amir Kror Suriy — VIII asrda yashagan, Gʻurdan chiqqan afsonaviy pushtun shahzodasi. Amir Suriy — IX–X asrlarda yashagan butparast gʻuriylar podshohi, Safforiy amiri Yaʼqub ibn al-Lays as-Saffor bilan urushda magʻlub boʻlgan. Lex, Chex va Rus — polyaklar (yoki lexitlar), chexlar hamda ruslar (yoki ruslar, ukrainlar va belaruslar) deb ataluvchi uch zamonaviy slavyan xalqiga asos solgan deyiladigan uch afsonaviy aka-uka. Fénius Farsaid — zamonaviy irland xalqiga asos solgan va ogham irland alifbosini ixtiro qilgan deyiladigan afsonaviy skif shahzodasi. Hayk — armanlarning afsonaviy otasi.
Manbalar
Turkum:Pushtunlar Turkum:575-yilda tugʻilganlar Turkum:661-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar