„Før vi går hjem“ (dan tilida talaffuzi: [ˈfœɐ̯ˀ vi kɒˀ ˈjɛmˀ]; tarjimasi: „Biz uyga ketishimizdan oldin“) — daniyalik aktyor hamda qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi Søren Torpegaard Lund tomonidan ijro etilgan tarona. Mazkur qoʻshiq 2026-yil 22-yanvarda „Little Yellow House“ ovoz yozish leyblida taqdim etilgan. Qoʻshiq Lundning oʻzi hamda Clara Sofie Fabricius, Thomas Meilstrup va Valdemar Littauer Bendixen hammuallifligida yozilgan. Tarona Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da Daniya sharafini himoya qildi va katta final bosqichida yettinchi oʻrinni egalladi. U Daniya singllar chartida toʻrtinchi oʻrinni, Shvetsiyada esa eng yaxshi oʻntalik tarkibidan joy oldi.

Tarixi „Før vi går hjem“ taronasi Lund hamda Clara Sofie Fabricius, Thomas Meilstrup va Valdemar Littauer Bendixen tomonidan hammualliflikda yozilgan va bastalangan. Shuningdek, unga Bendixen prodyuserlik qilgan.

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Dansk Melodi Grand Prix 2026 Dansk Melodi Grand Prix 2026 — Eurovision qoʻshiq tanlovida Daniya sharafini himoya qiladigan vakillarni tanlab beruvchi nufuzli musiqiy tanlovning 56-nashridir. Musobaqa 2026-yil 14-fevral kuni Frederikshavn shahridagi „Arena Nord“ yopiq majmuasida boʻlib oʻtdi. Tanlov „DR1“ telekanali orqali jonli efirda uzatildi, shuningdek, „DRTV“ platformasida onlayn tarzda namoyish etildi. Bir bosqichdan iborat boʻlgan ushbu tanlovda jami sakkizta qoʻshiq oʻzaro kurashdi. Musobaqa gʻolibi ikki bosqichli ovoz berish tizimi natijalariga koʻra aniqlandi. Birinchi bosqichda jamoatchilik ovozlari va 20 nafar aʼzodan iborat hakamlar hay’ati ovozlari umumlashtirilib, eng yuqori natija qayd etgan uchta qoʻshiq superfinalga yoʻl oldi. Superfinalda gʻolib yana bir bor hakamlar hayʼati va teletomoshabinlarning ovoz berish natijalariga koʻra aniqlandi. Hakamlar hay’ati 10 nafar xalqaro va 10 nafar daniyalik aʼzodan iborat boʻlib, tomoshabinlar SMS xabarlari hamda ushbu musobaqa uchun maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova orqali ovoz berish imkoniga ega edilar. Ilova orqali ovoz berayotgan tomoshabinlarga har bir bosqichda har bir qoʻshiq uchun uchta bepul ovoz berish imkoniyati taqdim etildi.

Daniya teleradiokompaniyasi 2026-yil 22-yanvar kuni Kopengagen shahridagi Koncerthuset majmuasida matbuot anjumani va taqdimot marosimi oʻtkazdi. Ushbu tadbirda 2023-yilgi tanlovda ham ishtirok etgan Søren Torpegaard Lund „Før vi går hjem“ qoʻshigʻi bilan tanlovning sakkiz finalchisidan biri sifatida rasman eʼlon qilindi. Tanlovning final bosqichida u muvaffaqiyatli tarzda superfinalga yoʻllanma oldi va u yerda teletomoshabinlar hamda hakamlar hayʼatining umumiy ovoz berish natijalariga koʻra musobaqa gʻolibi deb topildi.

Eurovisionda Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026-yil Avstriyaning Vena shahridagi Wiener Stadthalle arenasida boʻlib oʻtdi. Musobaqa ikki yarim finaldan iborat boʻlib, ular 12 va 14-may kunlari oʻtkazildi, final esa 16-may kuni boʻlib oʻtdi. 2026-yil 12-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yarimfinallarga taqsimlash natijasiga koʻra, Daniya mamlakati ikkinchi yarimfinalda ishtirok etadigan boʻldi. Shuningdek, ushbu shouning ikkinchi yarmida oʻz chiqishini namoyish etishi belgilandi.

Chartlar + Før vi går hjemning Chartlardagi koʻrsatkichlari Chartlar (2026) Eng yuqori oʻrni Gretsiya (xalqaro singllar, IFPI) 35 Litva (AGATA) 16 Norvegiya (IFPI Norge) 41 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 10

Manbalar

Turkum:Daniya qo'shiqlari Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:2026-yil singllari