Barbara Maria Karel Deckx (1974-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Barbara Dex taxallusi bilan tanilgan belgiyalik xonanda boʻlib, „Eurovision-1993“da „Iemand als jij“ qoʻshigʻi bilan mamlakat sharafini himoya qilgan.
U tanlovga 6-mart kuni Knokke kazino zalida oʻtkazilgan „Eurosong 93“ final bosqichida gʻolib boʻlish orqali yoʻllanmani qoʻlga kiritgan hamda. Millstreet shahrida boʻlib oʻtgan „Eurovision-1993“ finalida u sahnaga yettinchi tartibda chiqqan. Yakunda 25 ishtirokchi orasida oxirgi oʻrinni egallagan.
Dex 2004-yilda Belgiyaning Eurovision uchun milliy saralash bosqichiga qaytgan hamda Alides bilan birgalikda ijro etgan „One Life“ qoʻshigʻi bilan uchinchi oʻrinni egallagan. U 2006-yilda kantri va layn-dans janrlarini oʻzida mujassam etgan „Crazy“ qoʻshigʻi bilan yana tanlovda qatnashgan va beshinchi natijani qayd etgan.
Dex Turnhout shahrida belgiyalik xonanda Marcel Deckxning oilasida tugʻilgan. Marcel Deckx sahnada Marc Dex nomi bilan tanilgan. U oiladagi uch farzandning biri hisoblangan. Uning ukasi Tom Deckx Tush va Nuts musiqiy guruhlarida bas-gitarachi sifatida faoliyat yuritgan .
Diskografiyasi Albomlari Birinchi albomi „Iemand“ nemischa qoʻshiqlardan tashlik topgan. 1994-yildan boshlab esa u qoʻshiqlarini faqat ingliz tilida chiqargan Iemand (1993) Waiting for a New Moon (1994) Tender Touch (1996) Strong (1998) Timeless (2001) Enjoy: a Taste of Gospel (2003) Blue-eyed Girl (2006) Only One Me (2008) I Am Barbara Dex (2011) Dex, Drugs & Rock 'n Roll (2016)
Singllari „One life“ (2004) „Crazy“ (2006) „I am“ (2010) „Before“ (2011)
Barbara Dex mukofoti Barbara Dex mukofoti „Eurovision“ qoʻshiq tanlovidagi eng omadsiz sahna libosiga ega ishtirokchini aniqlash uchun taqdim etilgan yillik muxlislar mukofoti hisoblangan. U 1997–2016-yillar davomida House of Eurovision muxlislar sayti tomonidan, 2017–2021-yillarda esa Songfestival.be tomonidan topshirilgan. Keyinchalik mazkur mukofot bekor qilingan hamda uning oʻrniga „You’re a Vision“ mukofoti joriy etilgan.
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Turnhoutda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar