Silvestras Beltė (, 1997-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — taxallusi Silvester Belt bilan tanilgan, litvalik qoʻshiqchi va bastakor.
Silvester 2024-yilgi Eurovision qo'shiq tanlovida „“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.
Dastlabki hayoti
Beltė Kaunas, Litvada tugʻilgan. Toʻrt yoshida musiqaga qiziqib qolgan va musiqa maktabiga qatnay boshlagan. Maktabni tamomlagach, Kaunasdagi Juozas Gruodis konservatoriyasida tahsilni davom ettirgan.
2019-yilda Londondagi Vestminster Universitetini tijorat musiqa ijrochiligi yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Oʻqishni tugatgach, goʻzallik salonida ishlay boshlagan. 2021-yil yanvar oyida Litvaga qaytib, ovoz yozish studiyasi bilan shartnoma imzolagan. Dastlab Londonga qaytishni rejalashtirgan boʻlsa-da, COVID-19 pandemiyasi davridagi karantin cheklovlari sababli buni amalga oshira olmagan.
Faoliyati
2010-yilda Beltė 2010-yilgi Eurovision qo'shiq tanlovi uchun Litva milliy saralashi — Vaikų Eurovizijos nacionalinė atrankada ishtirok etgan. U „Pi-pa-po“ qoʻshigʻini ijro etib, final bosqichiga yoʻl olgan va yakunda 12 nafar finalchi orasida 8-oʻrinni egallagan.
2017-yilda opasining tavsiyasi bilan Beltė Litvadagi („Men — superxit“) realiti-shousida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Gʻalabadan soʻng u oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridan Vilnyusga koʻchib oʻtgan va u yerda ilk yakkaxon qoʻshigʻi — „Noise“ni chiqargan. Shundan soʻng u Litvadagi realiti-shousining sahna orti jamoasida faoliyat yuritgan.
Keyingi yili u X Faktorning oltinchi mavsumida, yaʼni Litvadagi The X Factor talqinida qatnashgan va toʻrtinchi haftada musobaqani tark etgan.
2023-yil 19-dekabrda Beltė Litvaning 2024-yilning Eurovision qo'shiq tanlovidagi vakilini aniqlash uchun oʻtkazilgan Eurovizija. LT milliy saralovida „“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etishi maʼlum qilingan. Keyinchalik u tanlovda gʻolib chiqib, Litva nomidan Eurovisionda qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan.
Malmö, Shvetsiyada boʻlib oʻtgan tanlovda u 2024-yil 7-may kuni oʻtkazilgan birinchi yarim finalda ishtirok etib, 119 ball bilan 15 ishtirokchi orasida 4-oʻrinni egalladi va finalga yoʻl olgan. Finalda esa 90 ball toʻplab, 26 ishtirokchi orasida 14-oʻrinni egallagan.
2024-yil 29-martda Silvester Belt va boshqa bir qator Eurovision ishtirokchilari Gʻazo sektorida „zudlik bilan va uzoq muddatli oʻt ochishni toʻxtatish“, shuningdek, „barcha garovdagilarning xavfsiz qaytarilishi“ni talab qiluvchi qoʻshma bayonotni eʼlon qildilar.
Manbalar