Muzlik davri () – 2002-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franshizasidagi birinchi film. Blue Sky Studios studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Chris Wedge rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Goran Višnjić va Jack Black ovoz bergan.
Syujeti Film voqealari muzlik davrida sodir boʻladi. Havolar sovishni boshlagani ortidan butun hayvonlar janubga migratsiya qilishni boshlaydi. Sid ismli besoʻnaqay yalqov ikki karkidon hujumiga uchraganda, Manny ismli serjun mamont uni qutqarib qoladi. Ayni zamonda Soto ismli qilich tishli yoʻlbarslar toʻdasi yoʻlboshchisi birodarlarining oʻlimi uchun odamlar qabilasidan oʻch olishni istab, qabila yetakchisining oʻgʻli – Roshan ismli goʻdakni oʻgʻirlashni maqsad qiladi. Diego Roshan va uning onasini qoʻldan chiqarganda, Soto unga goʻdaksiz toʻdaga qaytmasligini aytadi. Sid va Manny daryo boʻyida Roshan va uning jarohatlangan onasini topib olishadi. Roshanning onasi oʻlimidan oldin ularga oʻgʻlini ishonib topshiradi. Diego Sid va Mannyga goʻdakni uyiga qaytarishda yordamlashishini aytadi, ammo uning asl rejasi Roshan va Mannyni Sotoning yoniga olib borish boʻladi. Shunday qilib, uchovlon sayohatga yoʻl olishadi. Manny va Sid bilan yaqin doʻst boʻlib qolgan Diego ularni Soto qoʻygan pistirma haqida ogohlantiradi. Uchovlon pistirmaga yoʻliqqanda, Sotoning toʻdasiga pand beradi, ammo Diego Mannyni qutqarayotib jarohat oladi. Manny va Sid Roshanni odamlar qabilasiga qaytaradi. Pirovardida Manny, Sid va Diego boshqa hayvonlar bilan janubga migratsiya qiladi.
Ovoz berganlar Ray Romano – Manny (mamont) John Leguizamo – Sid (yalqov) Denis Leary – Diego (qilich tishli yoʻlbars) Chris Wedge – Scrat (olmaxon) Goran Višnjić – Soto Diedrich Bader – Oscar Alan Tudyk – Lenny Stephen Root – Frank Jane Krakowski – Rachel Lorri Bagley – Jennifer Kristen Johnston – Sylvia Tara Strong – RoshanTara Strongning rasmiy veb-sayti
Manbalar
Havolalar
(inglizcha)
Turkum:2002-yil filmlari Turkum:2002-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Blue Sky Studios filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Chris Wedge filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:2002-yil kinokomediyalari