A Colour Atlas of Urology () — ilk bor 1983-yilda Wolfe Medical Publications tomonidan nashr etilgan urologik tasvirlardan iborat tibbiy darslik. Uning hammualliflari Reginald Wyndham Lloyd-Davies, James G. Gow va D. R. Davies hisoblanadi. Kitobdagi 1 188 ta tasvir patologik namunalar tasvirlari, siydik pufagi endoskopiyasi vaqtida olingan fotosuratlar va urologik diagnostika muolajalarini tushuntiruvchi diagrammalarni oʻz ichiga oladi. Kitobning ikkinchi nashri 1994-yilda chop etilgan.
„Postgraduate Medical Journal“da chop etilgan taqrizda oʻpka metastazlarining rentgen tasviri teskari joylashtirilgani qayd etilgan. Boshqa bir taqrizda asar urolog oʻz kasbiy faoliyatida duch kelishi mumkin boʻlgan barcha holatlarni qamrab oluvchi mukammal asar sifatida baholangan. „British Journal of Venereal Diseases“ jurnalida kitob urologlar uchun moʻljallangani, biroq u genitourinar tibbiyot mutaxassislarida ham qiziqish uygʻotishi mumkinligi taʼkidlangan. Uchala taqrizda ham kitobning qimmatligi qayd etilgan.
Nashr etilishi „A Colour Atlas of Urology“ Reginald Wyndham Lloyd-Davies, James G. Gow va D. R. Davies hammuallifligida yozilgan boʻlib, ilk bor 1983-yilda „Wolfe Medical Publications“ tomonidan 48 funt sterling narxda nashr etilgan. Helen Parkhouse hammuallifligidagi ikkinchi nashri 1994-yilda chop etilgan.
Mazmuni Kitobdagi 1 188 ta tasvir patologik namunalar tasvirlari, siydik pufagi endoskopiyasi vaqtida olingan fotosuratlar va urologik diagnostika muolajalarini tushuntiruvchi diagrammalarni oʻz ichiga oladi. Unda rentgen tasvirlari toʻplami, jumladan, prostata saratonining suyaklarga tarqalishi va Paget kasalligining qiyosiy tasvirlari mavjud. 70 ta tasvir jinsiy olat va yorg‘oq shikastlanishlariga oid. Ular orasida priapizm, spermatotsele va gidrotsele tasvirlari mavjud.
Sharhlar J. P. Hopewell „Postgraduate Medical Journal“ jurnalida kitobni „taʼsirli va qiziqarli“ deb baholagan, biroq oʻpka metastazlarining rentgen tasviri teskari joylashtirilganini qayd etgan hamda buyrak polikistozi rentgen tasvirlarini yaxshilash mumkinligini taʼkidlagan. W. Hendry „British Journal of Surgery“ jurnalida uni urolog oʻz kasbiy faoliyatida duch kelishi mumkin boʻlgan barcha holatlarni qamrab oluvchi mukammal asar deb baholagan. A. McMillan „British Journal of Venereal Diseases jurnalida“ kitob urologlar uchun moʻljallanganini qayd etgan, biroq u genitourinar tibbiyot mutaxassislarida ham qiziqish uygʻotishi mumkinligini taʼkidlagan.
Manbalar
Adabiyotlar