Emre Belözoğlu (1980-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi, 2025-yildan Kasımpaşa klubi bosh murabbiyi.
Emre chapaqay futbolchi boʻlib, tezkor yarim himoyachi sifatida tanilgan, koʻpincha markaziy yarim himoyachi yoki pleymeyker sifatida oʻynagan. U Galatasaroy akademiyasida taʼlim olgan va 16 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan. Ketma-ket toʻrtta Superliga, ikkita Turkiya kubogi, UEFA kubogi (1999-2000) va UEFA Superkubogini (2000) qoʻlga kiritgan.
2001-yilda u 5 million funt sterling evaziga „Inter“ klubiga oʻtgan. 2002-03-yillarda klubning Pirata d’Oro (yilning eng yaxshi futbolchisi) deb topilgan va jamoasi bialn UEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan. Keyinchalik u „Newcastle United“ klubida oʻynagan, Fenerbahche bilan uch marta (2010-11 va 2013-14-yillarda Superliga, 2012-13-yillarda Turkiya kubogi va 2014-yilda Turkiya Superkubogini qoʻlga kiritgan), 2012-yilda „Atlético Madrid“ klubiga oʻtgan va bir mavsum davomida oʻynagan. 2015-yildan 2019-yilgacha Istanbul Bashakshehir sardori boʻlib, faoliyatining soʻnggi mavsumida Fenerbahche jamoasiga qaytgan va 2020-yilda faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati davomida Belözoğlu 2000-2019-yillarda Turkiya terma jamoasi safida 101 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan. U 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan va UEFA Yevro-2008 yarim finaliga chiqqan terma jamoaning bir qismi boʻlgan. FIFAning 100 yilligi munosabati bilan Pele tomonidan tanlangan FIFA 100 roʻyxatining aʼzosi hisoblanadi.
Nafaqaga chiqqanidan soʻng, u 2020-yil oktyabr oyida „Fenerbahche“ futbol direktori boʻlgan va 2020-21-yilgi mavsumning soʻnggi oʻnta liga oʻyinida klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. Keyinchalik u Istanbul Bashakshehir (Yevrokuboklarda saralashdagi ishtirokini taʼminlagan va Turkiya kubogi finaliga chiqqan), Ankaragücü (2023-24-yilgi mavsumning soʻnggi kunida quyi ligaga tushib ketgan) va Antalyaspor klublarini boshqargan.
Yutuqlari Oʻyinchi Galatasaroy
Superliga: 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-2000 Turkiya kubogi: 1998-99, 1999-2000 Prezident kubogi: 1997 UEFA kubogi: 1999-2000 UEFA Superkubogi: 2000 Inter Milan
Italiya kubogi: 2004-05 Nyukasl Yunayted
UEFA Intertoto kubogi: 2006 Fenerbahche
Superliga: 2010-11, 2013-14 Turkiya kubogi: 2011-12, 2012-13 Turkiya Superkubogi: 2009, 2014 Atletiko Madrid
UEFA Superkubogi: 2012 Istanbul Bashakshehir
Turkiya kubogi sohibi: 2016-17 Superliga 2-oʻrin: 2016-17, 2018-19; uchinchi oʻrin: 2015-16, 2017-18 Turkiya
2002-yilgi FIFA Jahon chempionati: uchinchi oʻrin UEFA Yevro yarim finalchisi: 2008 Shaxsiy
FIFA 100 Pirata d’Oro (Milan Interining eng yaxshi futbolchisi): 2002-03 Orden va medallar
Turkiya davlatining „Buyuk xizmatlari uchun“ medali: 2002
Murabbiy Istanbul Bashakshehir
Turkiya kubogi sohibi: 2022-23
Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Istanbullik futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Turkiyalik musulmonlar Turkum:Zeytinburnuspor futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Turkiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Turkiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Turkiya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA 100 Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
Turkum:Turkiyalik futbol murabbiylar Turkum:Turkiya Superligasi murabbiylari Turkum:Fenerbahçe S.K. murabbiylari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. murabbiylari Turkum:MKE Ankaragücü murabbiylari Turkum:Antalyaspor murabbiylari Turkum:Kasımpaşa S.K. murabbiylari Turkum:Futbolda irqchilik Turkum:Irqiy adovat sababli sudlangan kishilar