Dragan "Bjela" Bjelogrlić (Serbiya krilchasi: Драган "Бјела" Бјелогрлић, 1963-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – Yugoslaviyalik aktyor, rejissyor va prodyuser"Bjelogrlić: rodjen sam u Jugoslaviji, umreću u Jugoslaviji".cdm.com, 24.8.2017. "Dragan Bjelogrlić Jugosloven.rts.com, 4.3.2020 .

Karyerasi Bjelogrlić aktyorlikdagi debyutini 15 yoshida, oʻsha davrda katta mashhurlikka erishgan 1978-yilgi „Boško Buha“ filmida "Sava Jovanović Sirogojno" rolini ijro etishdan boshlagan.

Keyingi yillarda u televideniye seriallari, qisqa metrajli va toʻliq metrajli filmlar]]da turli rollarni ijro etdi. 1980-yillarning oʻrtalariga kelib Bjelogrlić Yugoslaviyada taniqli yosh aktyorga aylandi. 1985-yilda u Srđan Todorović, Nebojša Bakočević, Goran Radaković va Gala Videnović kabi aktyorlar qatorida ansambl tarkibida „Bal na vodi“ filmida suratga tushdi.

1987-yilda u juda mashhur boʻlgan „Bolji život“ dramatik televizion serialining bosh aktyorlaridan biriga aylanib, Boba Popadić rolini oʻynadi. Uning ukasi Goran Bjelogrlić – kino prodyuseri. Uning 2010-yilda suratga olingan „Montevideo, God Bless You!“ filmi 84-taqdirlash marosimida eng yaxshi xorijiy til roli uchun serbiyalik nomzod sifatida tanlangan, biroq oxirgi qisqa roʻyxatga kiritilmagan. Filmning davomi – „See You in Montevideo“ 2014-yilda chiqarilgan.

Mukofotlar va eʼtiroflar „Bolji život“ serialidagi ijrosi uchun Nishdagi festivalda (Vesna Trivalić bilan birgalikda) Eng yaxshi aktyorlik juftligi (1991) Nishdagi aktyorlik festivalida „Lepa sela lepo gore“ filmidagi eng yaxshi aktyor uchun ikkita „Ćele-kula“ bosh mukofoti Herceg Novi kinofestivalida „Lepa sela lepo gore“ filmidagi eng yaxshi aktyorlik roli uchun ikkita Oltin Mimoza mukofoti „Lepa sela lepo gore“ filmidagi roli uchun Sopot kinofestivalida eng yaxshi aktyorlik yutugʻi uchun Ozodlik haykali (1996) „Doktor Rej i đavoli“ filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun Xartiya mukofoti „Montevideo, God Bless You!“ filmi uchun eng yaxshi ssenariy uchun Oltin Antenna mukofoti Moskvasdagi festivalda „See You in Montevideo“ filmi uchun Tomoshabinlar mukofoti Piran shahridagi 10-Evropa va Oʻrta yer dengizi kinofestivalida Yevropa kinematografiyasiga qoʻshgan hissasi uchun mukofot (2020)

Tanlangan filmografiya

Aktyor sifatida Yil Nomi Roli Izohlar 1978 Boško Buha Sava Jovanović Sirogojno 1987 Dancing in Water Saša 1992 The Black Bomber Crni bombarder 1996 Pretty Village, Pretty Flame Milan 1998 The Wounds Čika Kure 2000 War Live Sergej 2012 Doctor Ray and the Devils Ratko Dražević 2014 Monument to Michael Jackson Dusan 2018 South Wind Car 2023 Guardians of the Formula Leka Ranković

Rejissyor sifatida Yil Nomi Izohlar 2010 Montevideo, God Bless You! 2014 See You in Montevideo 2021 Toma 2023 Guardians of the Formula

Televideniye Yil Nomi Roli Izohlar 1987–1991 A Better Life Slobodan "Boba" Popadić TV serial 2004–2007 Crna hronika Goran Latinović TV serial 2007–2008 The Storks Will Return Aleksandar Vrancov "Ekser" TV serial

Manbalar

Havolalar