Oeneis tanana — Satyrinae kenja oilasiga mansub kapalak turi. U Alyaskada uchraydi va bu shtatda tabiiy holda yashaydigan yagona kapalak turi hisoblanadi. Olimlarning taxminicha, bu tur Oeneis bore va O. chryxus turlarining duragayidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Tarqalishi va yashash muhiti Bu tur faqat Alyaskadagi Tanana daryosi vodiysida uchraydi. Bu vodiy yoki uning bir qismi soʻnggi muzlik davrida muzlikdan xoli hudud boʻlgan. O. tanana asosan boreal archazorlardagi ochiq maydonlarda yashaydi.

Qurtchalari oziqlanadigan oʻsimliklar Qurtchalari oʻt va gʻalladosh oʻsimliklar bilan oziqlanadi.

Kattalari oziqlanadigan oziqlar Katttalarining ozigʻi aniq maʼlum emas, lekin yaqin turdosh kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi.

Hayot davri Kattalari may oyining oʻrtalaridan iyul oyining boshigacha, koʻpincha esa iyun oyining oʻrtalarida uchadi. Qurtchalarning toʻliq rivojlanishi uchun ikki yil kerak boʻladi. Kattalari faqat toq raqamli yillarda uchraydi.

Manbalar

Turkum:Shimoliy Amerika kapalaklari Turkum:Oeneis Turkum:2016-yilda tasniflangan kapalaklar