Sidi bu Madyan masjidi () Jazoirning Tilimsan shahrida joylashgan sunniy masjid va unga tutash diniy majmua hisoblanadi. Majmua oʻz davrida kuchli taʼsirga ega soʻfiy avliyo Abu Madyanga bagʻishlangan masjid, madrasa va maqbaradan iborat. Abu Madyan Sevilladan boʻlib, Magʻrib mintaqasida tasavvufning tarqalishiga katta hissa qoʻshgan.
Tarixi Masjid Mariniy hukmdorlari tomonidan milodiy 1339-yilda bunyod etilgan. Madrasa masjiddan sakkiz yil oʻtib barpo etilgan boʻlib, u yerda bir marta Ibn Xaldun ham dars bergan. Majmuaning pastki qismida Dar al-Sulton saroyi ham barpo etilib, bu yerda sultonlar masjidga tashrifi chogʻida istiqomat qilganlar. 1353-yilda qurilgan Sidi al-Halaviy masjidi esa aynan shu masjid namunasida barpo etilgan.
Meʼmorchiligi Majmua tarkibiga masjid, maqbara, madrasa va hammom kabi bir nechta diniy binolar kiradi. Masjidning asosiy kirish qismi Ispaniyadagi Kordovadan Tunisdagi Qayrovongacha boʻlgan hududlarda uchraydigan boshqa mavr meʼmorchiligi namunalariga oʻxshash tarzda qurilgan. Kirish qismidan ganch bezaklari bilan bezatilgan galereyaga oʻtiladi, gumbazning yuqori qismi esa muqarnaslar bilan bezatilgan. Galereyadan Toledo shahridagi Puerta del Sol zinapoyalariga oʻxshash zinapoyalar orqali pastga tushiladi. Bronza bezaklar bilan ishlangan yogʻoch eshiklar esa oʻrtasida favvora joylashgan sahnga olib kiradi. Sahnning atrofi yoʻlaklar va namoz oʻqiladigan zal bilan oʻralgan.
Gallereya
Manbalar
Turkum:Tilimsandagi masjidlar