Ibrohim Latipov — o‘zbekistonlik bodibilding sportchisi. U bir necha marotaba bodibilding va atlet fizik yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston chempioni bo‘lgan. 2024-yilda Toshkentda o‘tkazilgan IFBB Osiyo kubogida 90 kg gacha, 2025-yil 11-mayda Jizzax sharida o‘tkazilgan IFBB O‘zbekiston chempionatida 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifasi va mutlaq toifada g‘olib bo‘lgan. 2026-yilda AQShning Columbus shahrida o‘tkazilgan Arnold Classic Amateur musobaqasida 90 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lib, mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan va Pro Card olgan.

Sport faoliyati

2019-yil 2019-yil 21-aprelda Nukus shahrida o‘tkazilgan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ochiq chempionatida atlet-fizik yo‘nalishining 180 sm gacha bo‘lgan toifasida 1-o‘rinni egallagan. 11-avgustda Samarqand shahrida o‘tkazilgan Samarqand viloyati ochiq chempionatida atlet-fizikning 180 sm gacha bo‘lgan toifasida 2-o‘rinni egallagan. 22-sentabrda Toshkentda o‘tkazilgan Toshkent ochiq kubogida erkaklar bodibildingining 75 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan. 24-noyabrda Jizzax shahrida o‘tkazilgan Jizzax viloyati ochiq chempionatida atlet-fizikning 182 sm gacha bo‘lgan toifasida 1-o‘rinni egallagan. 29–30-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston bodibilding va fitnes chempionatida atlet-fizikning 175 sm gacha bo‘lgan toifasida 1-o‘rinni egallagan.

2020-yil 2020-yil 13-sentabrda Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston bodibilding va fitnes chempionatida erkaklar bodibildingining 85 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 2-o‘rinni egallagan.

2023-yil 2023-yil mart oyida Qoraqalpog‘iston ochiq chempionatida bodibilding sport turi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, mutlaq chempion bo‘lgan. 4-iyunda Toshkentda o‘tkazilgan BEFIT PRO & PROFORM Classic Sports Festival doirasidagi O‘zbekiston bodibilding va fitnes chempionatida erkaklar bodibildingining 90 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan. Musobaqaning mutlaq toifasida ham 1-o‘rinni qayd etgan. 6–12-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Vonju shahrida o‘tkazilgan 14-jahon bodibilding va jismoniy tarbiya sport turlari chempionatida 85 kg vazn toifasida 4-o‘rinni egallagan.

2024-yil 2024-yil 15–16-iyun kunlari Toshkentda o‘tkazilgan IFBB Osiyo kubogida erkaklar bodibildingining 90 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, erkaklar bodibildingining mutlaq toifasida ham 1-o‘rinni egallagan. 28–29-iyun kunlari Toshkentda o‘tkazilgan WBPF O‘zbekiston chempionatida 90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan. 28–30-iyun kunlari Toshkentda o‘tkazilgan WBPF Markaziy Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan.

2025-yil 2025-yil 11-may kuni Jizzax shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston bodibilding chempionatida 100 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, mutlaq chempion bo‘lgan. Oktabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan Dubai Muscle Classic xalqaro turnirida 2-o‘rinni egallagan.

2026-yil 2026-yil 5-mart kuni AQShning Columbus shahrida o‘tkazilgan Arnold Classic Amateur musobaqasida 90 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, erkaklar bodibildingining mutlaq g‘olibi bo‘lgan. Musobaqa yakunida IFBB Pro League professional maqomini beruvchi Pro Cardni qo‘lga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Bodibildingchilar Turkum:O‘zbekistonlik bodibildingchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Qiziltepa tumanida tugʻilganlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:23-fevralda tugʻilganlar