Ko‘rbuloq- Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Uzunbuloq QFY tarkibiga kiruvchi qishloqlardan biri hisoblanadi. Qishloq nomi o‘sha hududda joylashgan buloq nomiga qo‘yilgan. Buloqning "Ko‘rbuloq" deb nomlanishiga sabab — buloq suvi qayerdan chiqayotganligi ko‘rinmagan. Buloq taxminan 2014—2015-yillarda qurigan. Ayni paytda qishloq nomi "Marjonbuloq" deb ham yuritiladi. Bu qishloq Mavtan, Sho‘rbuloq va O‘rta qishloq qishloqlari oralig‘ida joylashgan.