Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 1994—2003-yillarda va 2012—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.
Tarjimai holi 1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan Taʼlim Oliy maʼlumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 1978-1980 — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Mehnat faoliyati 1973—1976-yillarda SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, 1980—1984-yillarda SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, 1984—1988-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, 1988—1991-yillarda SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, 1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, 1994-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan. 1994—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, shu bilan birgalikda 1998—2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, 2003-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, 2003—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2004—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi kabi elchilik vazifalarida faoliyat olib borgan. 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2012-yil 13-yanvardan 2022-yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriAbdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi, 2022-yil 27-apreldan 16-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yil 16-iyundan — Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakiliAbdulaziz Komilov prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi lavozimiga tayinlandi. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Arab va ingliz tillarini biladi.
Mukofotlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeni.
Mehnat shuhrati ordeni.
Doʻstlik ordeniUkaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 25-avgusta 2011 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi gosudarstvennix slujaщix i rabotnikov proizvodstvennoy i sotsialno-ekonomicheskoy sfer“.
2-darajali Ismoili Somoniy ordeni.
Uygʻonish ordeniUkaz Prezidenta Turkmenistana ot 26-avgusta 2022 goda "O nagrajdenii zamestitelya sekretarya Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, spesialnogo predstavitelya Prezidenta Respubliki Uzbekistan po vneshnepoliticheskim voprosam Kamilova Abdulaziza Xafizovicha ordenom Turkmenistana „Galkynyş“.
Oʻzbekiston belgisi nishoni.
O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni.
Oilasi Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Oʻgli — Doniyor Komilov, iqtisodchi va tadbirkor. „Metropol Group“ masʼuliyati cheklangan jamiyati egasi. Bu shirkat 2021-yil 17-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib oldi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Kanadadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar