Aatami (fincha: Adam) — 1944–1954-yillarda nashr etilgan fin erkaklar jurnali. U Finlandiyada aynan erkaklar auditoriyasiga moʻljallangan ilk jurnal hisoblanadi. Jurnalning birinchi soni 1944-yil dekabr oyida nashr etilgan. Jurnal oʻz oʻquvchilarini Ikkinchi jahon urushidan qaytib, endilikda Finlyandiyada tinch jamiyat barpo etishga intilayotgan sobiq askarlar sifatida koʻrgan. Biroq askarlar jinoyat sodir etgan taqdirda, Aatami ularni haqiqiy front askarlari emas, balki bezorilar deb atagan .

Jurnal antikommunistik siyosiy pozitsiyaga ega boʻlib, asosan sotsialistik qarashlarga ega boʻlmagan jamoat arboblarining fikrlarini yoritgan. Bundan tashqari, Aatami Finlandiya erkaklarining haddan tashqari koʻp spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchi shaxslar sifatidagi salbiy qiyofasini oʻzgartirishga harakat qilgan. Jurnalda, shuningdek, erkaklar uchun axloqiy va jinsiy meʼyorlar muhokama qilingan.

Manbalar