Avliyo Yekaterina monastiri (, , , Iërá Moní Ayías Ekaterínis Órus Siná, koine grekcha: Μονὴ τῆς Ἁγίας Αἰκατερίνης), rasman Muqaddas va Xudo qadami tekkan Sinay togʻidagi Avliyo Yekaterinaning muqaddas avtonom qirollik monastiri — Misrning Sinay yarim orolida joylashgan xristian monastiri. Sinay togʻi etagida joylashgan ushbu inshoot 548—565-yillar oraligʻida qurilgan boʻlib, u dunyodagi uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan eng qadimgi xristian monastiri hisoblanadiDin, Mursi Saad El et al.. Sinai: The Site & The History: Essays. New York: New York University Press, 1998. p. 80. .

Monastir Vizantiya imperatori Yustinian I buyrugʻi bilan, Moisey koʻrgan yonayotgan buta deb hisoblangan joyni oʻrab olgan holda qurilgan. Asrlar oʻtib, shu hududda topilgani aytiladigan iskandariyalik Yekaterinaning jasadi monastirga olib kelingan; Yekaterinaning muqaddas qoldiqlari monastirni xristianlar uchun muhim ziyoratgohga aylantirgan va keyinchalik monastir shu avliyo sharafiga qayta nomlangan.

Kengroq maʼnoda Yunon pravoslav cherkovining bir qismi boʻlgan avtonom Sinay cherkovi tasarrufidagi ushbu monastir 2002-yilda uchta yirik Ibrohimiy din — yahudiylik, xristianlik va islom uchun tutgan noyob ahamiyati tufayli Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Monastir hududida milodiy 1106-yilda qurilgan va hozirgi kungacha saqlanib qolgan Fotimiylar davriga oid masjid ham mavjud.

Monastir kutubxonasida Codex Sinaiticus va Syriac Sinaiticus kabi noyob va nodir asarlarSebastian P. Brock, Two Hitherto Unattested Passages of the Old Syriac Gospels in Palimpsests from St Catherie's Monastery, Sinai, Δελτίο Βιβλικῶν Μελετῶν 31A, 2016, pp. 7–18., shuningdek, ilk xristian ikonalari toʻplami (jumladan, Masih Pantokratorning maʼlum boʻlgan eng qadimgi tasviri) saqlanadi.

Avliyo Yekaterina monastiri oʻzi joylashgan hududdagi uchta togʻ fonida qad rostlagan: Willow choʻqqisi (ehtimol, Injildagi Horeb togʻi; taxminan gʻarbdagi choʻqqi); Jabal Arrenziyeb (taxminan janubdagi choʻqqi) va Sinay togʻi (mahalliy tilda Jabal Muso; anʼanaga koʻra Injildagi Sino togʻi bilan aynan bir deb hisoblanadi; taxminan janubdagi choʻqqi).

Ikonalari

Tarixiy tasvirlari

Panorama koʻrinishi

Adabiyotda eslanishi Fransuz yozuvchisi Pierre Loti monastir va uning xazinalarini oʻzining 1895-yilda yozilgan Le désert asarida — Sinay choʻli boʻylab tuyada qilingan sayohat haqidagi xotiralarida — batafsil tasvirlab beradi.

Yana qarang Muhammadning ahdnomasi

Manbalar

Adabiyotlar

James Hamilton Charlesworth, The New Discoveries in St. Catherineʼs Monastery (= American Schools of Oriental Research Monograph 3) Winona Lake, Indiana: Eisenbrauns, 1981. Alessandro Falcetta (2018). A Biography of James Rendel Harris 1852–1941: The Daily Discoveries of a Bible Scholar and Manuscript Hunter. London, UK: T&T Clark.

Paul Géhin (2017). Les manuscrits syriaques de parchemin du Sinaï et leur membra disjecta. CSCO 665 / Subsidia 136. Louvain: Peeters. Margaret Dunlop Gibson (1893). How the Codex was Found. A Narrative of Two Visits to Sinai from Mrs. Lewis’s Journals. 1892–1893. Cambridge: Macmillan & Bowes. Dieter Harlfinger, Diether R. Reinsch, and Joseph A. M. Sonderkamp in Zusammenarbeit mit Giancarlo Prato: Specimina Sinaitica: Die datierten griechischen Handschriften des Katharinen-Klosters auf dem Berge Sinai 9. bis 12. Jahrhundert, Berlin: Reimer 1983. Agnes Smith Lewis (1898). In the Shadow of Sinai. A Story travel and Research from 1895 to 1897. Cambridge: Macmillan & Bowes. Panayotis G. Nicolopoulos (1999), The New Finds. Holy Monastery and Archdiocese of Sinai (Athens). David C. Parker (2010). CODEX SINAITICUS: The Story of the World’s Oldest Bible. London. British Library.

Elena Ene D-Vasilescu, „The Monastery of St. Catherine, Sinai and the Romanians“, Revue des Études Sud-Est Européennes [Journal of South-East European studies], XLVII, 1–4, 2009, pp. 75–87

Havolalar

Official Website of the Holy Monastery of St. Catherine at Mount Sinai Saint Catherine Area/ World Heritage Listing on UNESCOʻs Website Saint Catherine Foundation St. Catherineʼs Monastery, Sinai, Egypt St Catherine Project (digitisation) video Digitized palimpsests in St. Catherineʼs Monastery, Sinai Holy Image, Hallowed Ground: Icons from Sinai Getty exhibit Early Icons from Sinai, Belmont U The text of the Charter from Muhammad can be read here or here . „At a Mountain Monastery, Old Texts Gain Digital Life“ article from The New York Times Information about the town of St. Catherine Prophet Muhammad’s Letter to Monks of St. Catharine Monastery More on Saint Catherineʼs Monastery and Mount Sinai Caucasian Albanian Alphabet: Ancient Script Discovered in the Ashes [St. Catherineʼs], Azerbaijan International, Vol. 11:3 (Autumn 2003), pp. 38–41. Article on the Orthodox Church of Mount Sinai by Ronald Roberson on the CNEWA web site The Albanian Script: The Process — How Its Secrets Were Revealed [St. Catherineʼs], Azerbaijan International, Vol. 11:3 (Autumn 2003), pp. 44–51. Map showing the Monastery, 18th century . Eran Laor Cartographic Collection. Isroil milliy kutubxonasi Pope Gregory X’s Privilege for the Holy Monastery of St Catherine of Sinai (24 September 1274): Engineering Historical Memory. Interactive scholarly edition, Diplomatics and Historical Commentary, Deep zoom, English translation, multimodal resources mashup (publications, images, videos).

Turkum:Janubiy Sinay muhofazasi Turkum:Monastirlar Turkum:Sino togʻi