+ To‘liq ismi Behzod Erkin o‘g‘li (Erkinovich) Husenov Tavalludi 16-may 1995-yil, Peshku tumani, Buxoro viloyati,O'zbekiston Respublikasi Fuqaroligi O'zbekiston Respublikasi Faoliyati Professor-o'qituvchi, Ilmiy tadqiqotchi Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (2024) Ilmiy unvon Dotsent (2025) Ta’lim olgan Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Ish joyi Buxoro davlat universiteti Ilmiy sohasi Matematika (kompleks analiz, funksiyalar nazariyasi) Tadqiqot yo‘nalishi A(z)-analitik funksiyalar, Karleman formulalari, A(z)-analitik funksiyalarning chegaraviy va geometrik xossalari, tomografiya masalasining yechimlariga tadbiqlari ORCID 0009-0001-5820-0262

Behzod Husenov — matematik va ilmiy tadqiqotchi Behzod Husenov — oʻzbek matematigi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Ilmiy faoliyati kompleks analiz, A(z)-analitik funksiyalar sinfi, Karleman formulalari hamda analitik funksiyalarning chegaraviy va geometrik xossalarini tadqiq qilishga bag'ishlangan.1.2. https://elib.sfu-kras.ru/bitstream/handle/2311/160129/Shaimkulov_Zhabborov_Husenov.pdf?sequence=1

Buxoro davlat universiteti Aniq fanlar va intellektual texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Matematik analiz kafedrasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat olib bormoqda. Kompleks analizga oid ilmiy maqolalar, monografiya va o‘quv adabiyotlari muallifi.https://uniwork.buxdu.uz/hujjat.asp?id=904546

Tarjimayi holi

Behzod Husenov 1995-yil 16-mayda Buxoro viloyatining Peshku tumanida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Boshlang'ich ta'limni 2000-2005 yillarda Peshku tuman 32-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida, o'rta ta'limni 2005—2010 yillarda hozirgi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida, professional ta'limini 2010-2013 yillarda esa hozirgi Peshku tuman 1-son texnikumida olgan. Unga matematikaning maktab kursi (elementar matematika) ni puxta o'zlashtirishida Peshku tumanidagi fidoyi ustozlar Sobir Alimuhammedov (1961-2011) va Erkin Mahmudovlarning mehnatlari singgan.

2017-yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetida Matematika mutaxasisligi bo‘yicha bakalavriatni tamomlagan. O'qish davrida taniqli o'zbek matematiklari Gulmirza Xudoyberganov (1946-2026), Aziz Vorisov, Tal'at Zuparov, Bozor Islomov, Obidjon Zikirov, Yusuf Eshqobilov, Abdulaziz Ortiqboyev, Ro'zinazar Beshimov, Anvar Sharipov, Abdug'ofur Rahimov, No'monjon Mamadaliyev kabi professorlardan tahsil oldi. 2019-yilda mazkur universitet Matematika (yo'nalishlar bo‘yicha) magistraturani bitirgan.

Mehnat faoliyatini 2019-yil Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika kafedrasida o'qituvchi lavozimida boshlagan. 2020-yil dekabr oyida Buxoro davlat universitetining 01.01.01 — Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) ga qabul qilingan.

B.Husenov f.-m.f.d., prof. N.M.Jabborov rahbarligida «A(z)-analitik funksiyalar uchun Karleman formulasi» mavzusidagi falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasini rus tilida Qarshi davlat universiteti huzuridagi 01.01.01 — Matematik analiz ixtisoslashgan ilmiy kengashda 2024-yil 24-mayda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Unga 2025-yil 27-dekabrda Buxoro davlat universiteti ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 379/1-son qaroriga muvofiq 01.01.01 — Matematik analiz ixtisosligi dotsent ilmiy unvoni berildi.

B.E.Husenov 2025-yil dekabr oyida Buxoro davlat universitetining 01.01.01 — Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc) ga qabul qilingan. Hozirda doktorlik (DSc) dissertatsiyasini tayyorlash uchun ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Ilmiy faoliyati

Behzod Husenov akademik Azimboy Sa'dullayev (1947-2025) asos solgan Kompleks analiz va potensiallar nazariyasi ilmiy maktabining a'zosi bo'lib, uning tadqiqotlari kompleks analiz, Beltrami tenglamasi, A(z)-analitik funksiyalar sinfi va ularning chegaraviy, geometrik xossalariga bag‘ishlangan. Asosan, unga bakalaviriat talabasi bo'lgan paytdan boshlab hozirgacha unga ustozlik qilgan ilmiy rahbari fizika-matematika fanlari doktori, professor Nasridin Mirzoodilovich Jabborov hisoblanadi.

Ilmiy ishlarida A(z)-analitik funksiyalar, Xardi va Nevanlinna funksiyalar sinflari, Fatu teoremasining analoglari, chegaraviy yagonalik teoremalari, A(z)-garmonik o‘lchovlar va Karleman formulalari bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan.

A(z)-analitik funksiyalarning chegaraviy xossalari

N.M.Jabborov bilan hammualliflikda 2023-yilda «Russian Mathematics» jurnalida «Fatou's Theorem for A(z)-Analytic Functions» nomli maqolasi chop etilgan. Unda A(z)-analitik funksiyalarning chegaraviy xossalari va Fatu teoremasining analogi tadqiq etilgan.

N.M.Jabborov bilan hammualliflikda «Generalization of the Boundary Uniqueness Theorem for A(z)-Analytic Functions» nomli tadqiqoti 2023-yilda IUTAM Bookseries to‘plamining 40-jildida nashr etilgan. Unda A(z)-analitik funksiyalar uchun chegaraviy yagonalik teoremalari va Nevanlinna sinfiga oid masalalar o‘rganilgan.

Akademik A.Sadullaev bilan hammualliflikda ham «The Existence of the Angular Limit of Functions from the Nevanlinna Class NA» maqolasi Springer xalqaro nashriyotida «Analysis and Applied Mathematics 2023, TM 21» kitobida chop etilgan. Ushbu maqolada A(z)-analitik funksiyalar uchun Nevanlinna sinfi kiritilib, bu funksiyalar sinfini chegaraviy xossalari o‘rganilgan.

Karleman formulalariga oid tadqiqotlar

N.M.Jabborov va N.Х.Narzillayev bilan hammualliflikdagi «Carleman's Formula for A(z)-Analytic Functions» maqolasi 2024-yilda «Lobachevskii Journal of Mathematics» jurnalida nashr etilgan.

Maqolada A(z)-analitik funksiyalar uchun A(z)-garmonik o‘lchov, lemniskata chegarasidagi qiymatlar va Xardi sinfidagi funksiyalar uchun Karleman formulasi tadqiq qilingan.

2025-yilda N.M.Jabborov bilan hammualliflikda «Analogue of the Carleman's Formula for A(z)-Analytic Functions» maqolasi «Journal of Siberian Federal University. Mathematics & Physics» jurnalida chop etilgan. Maqolada Xardi sinfidagi A(z)-analitik funksiyalar uchun Karleman formulasining analogi o‘rganilgan.

2026-yilda B.A.Shoimqulov, N.M.Jabborovlar bilan hammualliflikda «One Method for Receiving an Analog of the Carleman Formula for A(z)-analytic Functions» maqolasi «Journal of Siberian Federal University. Mathematics & Physics» jurnalida chop etilgan. Tadqiqotda avtomorfizmlar orqali lemniskatani lemniskataga akslantirish xossasi orqali A(z)-analitik funksiyalar uchun Karleman formulasining yana bir analogi metodi o‘rganilgan.

Ilmiy va o‘quv-uslubiy nashrlari

Monografiyasi

2025-yilda Husenovning rus tilidagi «Формулы Карлемана для A(z)-аналитических функций» («A(z)-analitik funksiyalar uchun Karleman formulalari») nomli monografiyasi nashr qilingan.

Monografiyada A(z)-analitik funksiyalarning chegaraviy xossalari, Xardi va Nevanlinna-Ostrovskiy sinflari, chegaraviy qiymatlarning mavjudligi, chegaraviy yagonalik teoremalari va Karleman formulalarining analoglari ko‘rib chiqilgan.

Monografiya Buxoro davlat universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 30-iyundagi 11-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Хусенов Б.Э. Формулы Карлемана для A(z)-аналитических функций. — Бухара: «Дурдона», 2025. — 84 bet. ISBN 978-9910-10-317-9.

O‘quv qo‘llanmasi

2025-yilda «Funksiyalar nazariyasi (Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi). 1-qism» nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. U matematika bakalavriat yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada kompleks sonlar, golomorf funksiyalar, konform akslantirishlar, Koshi tipidagi integrallar, Teylor va Loran qatorlari, chegirmalar nazariyasi va analitik davom ettirish mavzulari bayon qilingan.

O‘quv qo‘llanma Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i asosida nashr etishga ruxsat berilgan. Ro‘yxatga olish raqami — 429-422.

Husenov B.E. Funksiyalar nazariyasi (Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi). 1-qism. — Buxoro: «Durdona», 2025. — 164 bet. ISBN 978-9910-634-92-5.

O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi

2020-yilda Husenovning «Высшая математика (для естественных направлений)» («Oliy matematika (tabiiy fanlar yo‘nalishlari uchun)») nomli rus tilida o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashr etilgan.

Qo‘llanma tabiiy fanlar (kimyo, biologiya va ekologiya) ta'limi yo‘nalishlari talabalari uchun oliy matematika fan dasturi asosida yozilgan. Unda toʻplamlar nazariyasi, chiziqli algebra, analitik geometriya, differensial hisob, integral hisob, ehtimollar nazariyasi elementlari, matematik statistika elementlari va matematikani tabiiy fanlarga tadbiqlariga oid mavzular yoritilgan.

Qo‘llanma Buxoro davlat universiteti O'quv-uslubiy kengashining 2020-yil 7-iyundagi 8-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Хусенов Б.Э. Высшая математика (для естественных направлений). — Бухара: «Дурдона», 2020. — 192 bet. ISBN 978-9943-6507-9-4.

Tanlangan ilmiy maqolalari

Zhabborov N.M., Husenov B.E. «Fatou's Theorem for A(z)-Analytic Functions». Russian Mathematics, 2023, 67(7), 9–16. Zhabborov N.M., Husenov B.E. «Generalization of the Boundary Uniqueness Theorem for A(z)-Analytic Functions». IUTAM Bookseries, 2023, 40, 287–297. Zhabborov N.M., Narzillayev N.Kh., Husenov B.E. «Carleman's Formula for A(z)-Analytic Functions». Lobachevskii Journal of Mathematics, 2024, 45(12), 6659–6667. DOI: 10.1134/S1995080224607823. Zhabborov N.M., Husenov B.E. «Analogue of the Carleman's Formula for A(z)-Analytic Functions». Journal of Siberian Federal University. Mathematics & Physics, 2025, 18(4), 474–483. Shaimkulov B.A., Zhabborov N.M., Husenov B.E. «One Method for Receiving an Analog of the Carleman Formula for A(z)-analytic Functions». Journal of Siberian Federal University. Mathematics & Physics, 2026, 19(6), 844–856. Sadullaev A., Husenov B.E. «The Existence of the Angular Limit of Functions from the Nevanlinna Class NA». AAM 2023, TM 21, 2026, 40, 1–8.

Ilmiy ma’ruzalari

Behzod Husenov mamlakatimizda matematika sohasini zamonaviy muammolari mavzularida o'tkazilib kelinayotgan respublika va xalqaro miqyosda ilmiy konferensiyalarning ma'ruzalar to'plamida tezislar nashr qilgan. Shuningdek, chet elda, ya'ni AQSh, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorus va Tojikiston davlatlarida o'tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiya va ilmiy-anjumanlarda o'z ma'ruzalari va tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda.

2023-yil 20-aprelda chegaraviy yagonalik teoremasi, 2023-yil 28-sentyabrda Xardi sinfiga tegishli funksiya chegaraviy qiymatlarining mavjudligi va yagonaligi, 2023-yil 16-noyabrda Karleman formulasi, 2025-yil 23-oktyabrda esa Karleman formulasining analogi mavzularida akademik A.Sa'dullayev rahbarligidagi "Kompleks analizning zamonaviy muammolari" nomli respublika ilmiy seminarida ma’ruzalar qilgan. Shuningdek, 2025-yil 13-iyunda L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetida (Qozogʻiston) akademiklar O.R.Oynarov va M.O.Otelboyevlar rahbarligidagi "Funksional analiz va uning tadbiqlari" nomli ilmiy seminarida A(z)-analitik funksiyalar sinfining xossalari mavzusida ma'ruza qildi.

Behzod Husenov Qozog'iston va Turkiya kabi davlatlarga ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan.

Manbalar

Tashqi havolalar

Behzod Husenov — Math-Net.Ru Behzod Husenov — Google Scholar Behzod Husenov — Scopus Behzod Husenov — ResearchGate Behzod Husenov — ORCID Behzod Husenov — Web of Science Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Dotsentlar Turkum:Buxoro davlat universiteti dotsentlari Turkum:Buxoro viloyatida tugʻilganlar Turkum:Peshku tumanida tugʻilganlar Turkum:Peshku tumani kishilari