Angliya jamoalar palatasi — XIV asrda shakllangan Angliya parlamentining quyi palatasi (Uelsni ham oʻz ichiga olgan). Angliya parlamenti tarkibida 1707-yilgacha faoliyat yuritgan. 1707-yilda Angliya va Shotlandiya parlamentlarida Ittifoq toʻgʻrisidagi akt qabul qilinib, ikki qirollik birlashtirilgach, Angliya jamoalar palatasi oʻrniga Buyuk Britaniya jamoalar palatasi tashkil etildi. 1801-yilda Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashganidan soʻng esa uning oʻrnini Birlashgan Qirollik jamoalar palatasi egalladi.

Manbalar