Argentina futbol assotsiatsiyasi () — qarorgohi Buenos Ayresda joylashgan, Argentinada futbolni boshqaruvchi tashkilotdir. U Argentina liga tizimining asosiy divizionlarini (Primera Divisiónʼdan tortib Torneo Regional Federal va Torneo Promocional Amateur’gacha), shuningdek, mamlakat ichki kuboklari — Copa Argentina, Supercopa Argentina, Trofeo de Campeones de la Liga Profesional hamda Supercopa Internacional musobaqalarini tashkil qiladi. Mazkur tashkilot Argentinaning barcha terma jamoalarini, jumladan, asosiy (kattalar), U-20, U-17, U-15, Olimpiya va ayollar terma jamoalarini ham nazorat qiladi. Shuningdek, u ayollar, bolalar, yoshlar, futzal hamda boshqa mahalliy ligalarni ham tashkillashtiradi.

AFA, shuningdek, 1893-yildan 2016–17-yilgi mavsumgacha boʻlgan barcha Primera Divizion chempionatlarini ham tashkil etgan. 2017–18-yilgi mavsumdan boshlab esa mustaqil boshqariluvchi va oʻz nizomiga ega alohida tuzilma boʻlgan „Argentina Superligasi“ Primera Divizion chempionatlarini oʻtkazishni oʻz zimmasiga olganEl fútbol que viene asomando by Gustavo Veiga, Página/12, 28 Jun 2017. Shunga qaramay, Superliga bosh futbol tashkiloti bilan shartnoma orqali bogʻlangan ediLa Superliga dio el puntapié inicial , Página/12, 28 Jul 2017. Superliga tomonidan tashkil etilgan soʻnggi chempionat 2019–2020-yilgi mavsum boʻldi; mavsum yakunlanganidan koʻp oʻtmay, ushbu tashkilot tarqatib yuborilganReunión clave en el fútbol argentino: Tapia recibió a los principales dirigentes de Primera con la idea de ponerle fin a la Superliga on Infobae, 26 Feb 2020.

Manbalar

Havolalar

Argentina FIFA saytida (2007-yil 3-iyun da asl nusxadan arxivlandi)

Turkum:Argentina futbol assotsiatsiyasi Turkum:FIFAning milliy aʼzolari Turkum:CONMEBOLga aʻzo assotsiatsiyalar Turkum:1893-yilda Argentinada tashkil etilganlar