Félix Cruz Barbosa-Ríos (1961-yil 4-aprelda Torreón shahrida tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi va futbol murabbiyi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Cruz Meksika milliy terma jamoasi safida 1986-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati Cruz oʻzining futbolchilik faoliyatini 1980-yilda Meksikaning „Pumas“ jamoasida boshlagan. Biroq, „Pumas“ safida yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganidan soʻng iqtidorli oʻyinchi Yaponiyaning „Nissan Motors“ klubiga yoʻl olgan va u yerda ikki mavsum davomida harakat qilgan — Yokohama F. Marinos — Mediotiempo — Análisis a Fondo — FutboLeo. Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida „Atlante F.C.“, „Tigres UANL“, „C.F. Monterrey“ va „Toros Neza“ kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.

Manbalar

Havolalar

FIFA profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Pumas UNAM futbolchilari Turkum:Atlante F.C. futbolchilari Turkum:Tigres UANL futbolchilari Turkum:C.F. Monterrey futbolchilari Turkum:Toros Neza futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:Meksikalik futbol murabbiylar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1986 oʻyinchilari Turkum:KONKAKAF Chempionlar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar