Bobo Luluy masjidi, shuningdek, Bobo Lavlaviy masjidi nomi bilan ham tanilgan, Hindistonning Ahmadobod shahri Behrampura hududida joylashgan soʻfiylik masjidi. Inshoot Hindistonning milliy ahamiyatga ega yodgorligi hisoblanadi.
Tarixi va meʼmorchiligi
Masjid taxminan 1560-yilda marvarid savdosi bilan shugʻullanuvchi Bobo Luluy yoki Bobo Muhammad Jaʼfar tomonidan qurdirilgan. Masjidning ichki qismi boʻyiga , eniga ni tashkil etadi. Markaziy gumbazni 12 ta ustun koʻtarib turadi. Masjidning orqa devorida toshdan ishlangan toʻrtta panjarali deraza, shuningdek, marmar bilan bezatilgan uchta mehrob mavjud. Old fasadning ikki chetida ikkita minora joylashgan boʻlib, har birining asos qismi 1.3 m2ni tashkil qiladi . Masjid 2001-yilgi Gujaratda sodir boʻlgan zilzila oqibatida zarar koʻrgan va Hindiston Arxeologiya boshqarmasi tomonidan qayta taʼmirlangan.
Yana qarang
Hindistonda islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Hindistondagi 16-asr masjidlari Turkum:Gujarot sultonligi masjidlari Turkum:Gujarotdagi milliy ahamiyatga ega yodgorliklar Turkum:Hindistondagi gumbazli masjidlar Turkum:Hindistondagi minorali masjidlar Turkum:1560-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Ahmadoboddagi masjidlar Turkum:1560-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar