Islom sammiti konferensiyasining ikkinchi navbatdan tashqari sessiyasi – Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan 2003-yil 4–5-mart kunlari Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan. Ushbu sessiya Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishiga javoban, islom olamining Iroq bilan urushga qarshi yagona pozitsiyani namoyish etish maqsadida chaqirilgan edi. Biroq anjuman bahs-munozaralar va qizg‘in tortishuvlarga, xususan, Iroq va Quvayt o‘rtasidagi ziddiyatlarga boy bo‘ldi. Ushbu tarangliklarga qaramay, konferensiya Isroilni qoralovchi hamda Iroqqa harbiy zarba berishni rad etuvchi yakuniy bayonot bilan yakunlandi.
Tashkil qilinishi Ushbu navbatdan tashqari sessiya oʻsha vaqtda Iroqda boʻlib oʻtgan AQSh boshchiligidagi urushning oldini olish yoʻllarini muhokama qilish maqsadida tashkillashtirilgan. Bunda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo 56 mamlakatdan vakillar toʻplangan. Qatar amiri shayx Hamad bin Xalifa as-Soniy ushbu yigʻilishni musulmon olamining Iroqdagi urushga qarshi yagona va hamjihat ovozini shakllantirish umidida chaqirgan.
Anjuman Ushbu sammit Dohadagi beshyulduzli mehmonxonada, AQShning ulkan Al Udeid harbiy bazasidan atigi bir qancha masofa narida boʻlib oʻtgan. Iroq Inqilobiy qoʻmondonlik kengashi raisi oʻrinbosari Izzat Ibrohim ad-Duriy oʻz nutqini Qur’ondan oyat keltirish bilan boshlagan.
Natijalar Yakuniy bayonot Isroilni qoralash hamda Iroqqa qarshi harbiy harakatlarni rad etishga qaratildi. Shuningdek, u Iroqni BMT va Arab sammiti qarorlarini hurmat qilishga hamda 1990-yilda qoʻlga olingan Quvayt asirlarini qaytarishga chaqirdi.
Mojarolar va kelishmovchiliklar Konferensiya Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qizgʻin bahs-munozaralar bilan oʻtgan. Izzat Ibrohim ad-Duriy oʻz nutqida quvaytliklarni „yildan-yilga Iroq chegaralarida AQSh qoʻshinlarini keng koʻlamda qoʻllab-quvvatlab kelayotgan imperializm agentlari“ sifatida ayblagan. Bu ayblovlar Quvayt Bosh vaziri oʻrinbosari shayx Saboh al-Ahmad bilan ogʻzaki dahanaki jangga aylanib ketgan. Ad-Duri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohni haqorat qilib: „Moʻyloving qursin!“ – degan. Bu vazirning shani va qadr-qimmatini kamsituvchi haqorat edi.
Manbalar
Turkum:2003-yilda xalqaro munosabatlar Turkum:Islom sammiti konferensiyasining navbatdan tashqari sessiyalari