Brian Eduardo Figueroa Flores (1999-yil 28-mayda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga de Expansión MX vakili „Piratas“ klubida qanot yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.

Faoliyati Yoshlik yillardagi faoliyati Yoshligida Figueroa skautlar eʼtiboriga tushgan va 2011-yilda „Pumas“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Keyin u Pumas yoshlar akademiyasida U-13, U-15, U-17 va U-20 jamoalarida muvaffaqiyatli toʻp surgan. Nihoyat, murabbiy Francisco Palencia eʼtiborini tortgan va asosiy jamoaga jalb qilingan.

Pumas UNAM Figueroa professional debyutini 2017-yil 23-iyul kuni Liga MXda oʻtkazgan. U „Pachuca“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan va ushbu uchrashuv uning jamoasining 1–0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Atlante F.C. futbolchilari Turkum:Mineros de Zacatecas futbolchilari Turkum:Pumas Tabasco futbolchilari Turkum:Pumas UNAM futbolchilari Turkum:Querétaro F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Morelia futbolchilari