Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi (1991).
Hayoti Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do'mbirobod mahallasida tugʻilgan.
Asarlari
Pyesalar
„Toʻylar muborak“
„Sizdan ugina, bizdan bugina“ „Vijdon dorisi“ „Inson sadoqati“ „Qatagʻon“
Ocherklar „Po‘lat chavandozlar“ (toʻplam. 1962-yil) Qissalar „Cho‘l havosi“ (1964-yil) „Bahor qaytmaydi“ (1970-yil) „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil) „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil) "Dunyoning ishlari" Odamlar nima derkin
Hikoyalar
„Urushning soʻnggi qurboni“ „Yanga“ „Muhabbat“ „Dehqonning bir kuni“ „Umr savdosi“ „Quyosh tarozisi“ „Oq bulut, oppoq bulut“ „Odam ovozi“ „Nurli halqachalar“ „Uch xil odam“ „Dard“ „Nimadir boʻldi“ „Hurkitilgan tush“ „Xayollarga boʻlaman tutqun“ „Sirli yulduz“ „Tarnov“ „Tuya va eshak“
Romanlar
„Nur borki, soya bor“ (1976-yil), „Ikki eshik orasi“ (1985-yil), „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil)
Ssenariylar
„Xazon boʻlgan bahor“ „Inson sadoqati“ (1975-yil) „Vijdon dorisi“ „Toʻylar muborak“ (1979-yil) „Qatagʻon“ Oʻtkir Hoshimovning 40 yil davomida yozilgan „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli hikmatlar toʻplami 2001-yilda chop etilgan. Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Ekranlashtirish Oʻtkir hoshimovning „Bahor qaytmaydi“ qissasi asosida 1972-yilda shu nomli film suratga olingan.
Mukofotlari „Ikki eshik orasi“ romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1997-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan. 2026-yil 28-mayda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan.
Tanqidlar 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼonning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼon tarjimasini chop etilishini toʻxtatishga urinishgan.
Vafoti Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida vafot etgan. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin dafn etilgan.
Xotirasi Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekiston dramaturglari Havolalar