Ronald Uilson Reygan (inglizcha: Ronald Wilson Reagan; 6-fevral 1911-yil — 5-iyun 2004-yil) amerikalik siyosatchi boʻlib, 1980-yildan 1988-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 40-prezidenti lavozimini bajargan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Reygan bungacha 1967-yildan 1967-yilga qadar Kaliforniya shtatining 33-gubernatori vazifasida faoliyat yuritgan. U, shunigdek, Gollivud aktyori va kasaba uyushmasi prezidenti sifatida ham tanilgan.

Reygan Illinoys shtatining Tampiko shahrida qasshoq oilada dunyoga kelgan. 1932-yili u Eureka kollejini tugatdi va Ayova shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlashni boshladi. 1937-yili Reygan Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtdi hamda aktyor sifatida ish topib, bir nechta filmlarda rol ijro etdi. 1947-yildan 1952-yilgacha Reygan Screen Actors Guild („Kino aktyorlari gildiyasi“) prezidenti vazifasini bajardi. 1950-yillarda u televideniyedagi faoliyatini boshlab, General Electric shirkati vakili sifatida ishladi. 1959-yildan 1960-yilga qadar qayta Screen Actors Guild prezidenti oʻlaroq faoliyat yuritdi. 1964-yilga kelib, Reygan Respublikachilardan Barri Golduoterning prezidentlik saylovoldi kurashida faol qatnashdi. Bu saylovoldi kurash davomidagi mashhur „A Time for Choosing“ („Tanlov vaqti“) nomli nutqi ortidan Reygan konservativ arbob oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi. Oʻziga ancha tarafdorlar yigʻib olgan Reygan 1966-yili Kaliforniya shtati gubernatori etib saylandi. Gubernatorlik davrida u soliqlarni oshirdi, shtat budjeti defitsitini profitsitga aylantirdi, UC Berkeleydagi namoyishchilarga qarshi chiqib, norozilik namoyishlari paytida Milliy gvardiya qoʻshinini u yerga kiritishga buyruq berdi.

1979-yil noyabrda Reygan 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qatnashishini bildirdi. U saylovda Demokratlar partiyasidan amaldagi prezident Jimmi Karter ustidan gʻalaba qozondi. 69 yoshida prezidentlik lavozimiga kirishgan Reygan AQSh tarixidagi eng keksa prezident boʻldi. U 1984-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Walter Mondaleni magʻlub etdi va ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi. Mondale Carter prezidentligi davrida vitse-prezident vazifasini bajargan.

Prezidentlik davrida Reygan „konservativ inqilob“ siyosatini eʼlon qilib, 70-yillarda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yoʻllarini koʻrsatdi, u tarixda „reyganomika“ deb nom oldi. Unga koʻra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga toʻsiq boʻlgan davlat yoʻriqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yoʻl bilan iqtisodning oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Soliqlar birinchi yili 25 % qolgan, 2 yil mobaynida 10 %dan kamaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afgʻonistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan „yovuzlik imperiyasi“ siyosatini oʻtkazdi. 1983-yilda Grenada oroli bosib olindi, 1986-yilda Liviya havodan bombardimon qilindiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Dastlabki hayoti thumb|left|Ronald Reaganning bolaligi oʻtgan uy (Dixon, Illinois).

Ronald Uilson Reygan 1911-yil 6-fevralda Illinoys shtatining Tampiko shahrida dunyoga keldi. Otasi Jek Reygan, onase esa Nelli Klayd (qizlik familiyasi Uilson) boʻlib, Ronald ularning kenja oʻgʻli boʻlgan Jek sotuvchi boʻlib, uning ota-onasi (Ronaldning bobo va buvisi) Irlandiyaning Tipperary grafligidan koʻchib kelgan immigrantlar boʻlganTerry Golway, Ronald Reaganʼs America (2008) p. 1... Nelle esa kelib chiqishiga koʻra, ingliz va shotland millatlariga mansub ajdodlarga ega boʻlganKengor, p. 4.. Ronaldning akasi Nil Reygan boʻlib, u reklama sohasida ishlagan.

Reyganning otasi oʻgʻliga niderlandcha soch turmagi ortidan „niderland“ deb laqab qoʻygan. Reyganning oilasi moliyaviy sabablarga koʻra, tez-tez Illinois shtatidagi bir nechta shaharlarga (Monmaut, Geylsburg va Chikago) koʻchib, yashash manzillarini oʻzgartirib turardi. 1919-yili uning oilasi Tampiko shahriga qaytishdi. Oila bu shahardagi H. C. Pitney Variety doʻkoni yuqorisida Illinois shtatining Dixon shahriga koʻchishgunga qadar istiqomat qilishdi. Aktyor sifatida karyerasi

Reygan 1932-yili Eureka kollejini tamomlab, Iowa shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlaydiBrands, Reagan (2015) pp. 24-31..

thumb|The Bad Man (1941)

Warner Bros. studiyasi bilan yetti yillik shartnoma imzoladiBrands, Reagan (2015) pp. 35-41..

U aktyor oʻlaroq ilk rolini 1937-yilda suratga olingan Love Is on the Air filmida jonlantirdi. 1939-yil oxiriga kelib, 19 ta filmda suratga tushdi. 1940-yilda Santa Fe Trail filmida suratga tushishidan avval u Knute Rockne, All American filmida George Gipp obrazini gavdalantirdi; buning ortidan „Gipper“ taxallusini oldiCannon & Beschloss (2001), p. 15.. 1941-yili eksponentlar ovoziga koʻra, Reygan Gollivuddagi yosh avlodning beshinchi eng mashhur yulduzi, deb topildi.

Filmografiyasi thumb|thumbtime=2:13|Love is on the Air filmi treyleri (1937) thumb|Dark Victory (1939) thumb|Reygan va Jeyn Uayman Brother Rat (1938) filmida thumb|Ronald Reygan va Errol Flinn Santa Fe Trail filmida thumb|thumbtime=1:36|alt=photograph of two men|Kings Row (1942) thumbtime=1:03|thumb|alt=photograph of a man and woman|Ronald Reygan va Joan Lesli This is the Army (1943) filmida thumbtime=50.2|thumb|Ronald Reygan va Nensi Devis Hellcats of the Navy (1957) filmida. thumb|alt=photograph of a man|Ronald Reygan The Killers (1964) filmida. + Ronald Reygan suratga tushgan filmlar Yil Nom Rol Izohlar/Manbalar1937Love Is on the AirAndy McCaineFilm debyut; Warner BrothersHollywood HotelRadio Announcerovoz bergan1938Sergeant MurphyZobit Dennis ReilleySwing Your LadyJack MillerAccidents Will HappenEric GreggCowboy from BrooklynPat DunnThe Amazing Dr. ClitterhouseRadio sharhlovchiovoz berganBoy Meets GirlRadio Announcer at Premiereovoz berganGirls on ProbationNeil DillonBrother RatDan CrawfordRafiqasi Jane Wyman bilan Going PlacesJack Withering1939Secret Service of the AirLieutenant „Brass“ BancroftBancroft filmlar seriyasining birinchisiDark VictoryAlec HammCode of the Secret ServiceLieutenant „Brass“ BancroftBancroft filmlar seriyasining ikkinchisiNaughty but NiceEd „Eddie“ ClarkHell’s KitchenJim DonohueThe Angels Wash Their FacesOkrug prokurori Patrick „Pat“ RemsonSmashing the Money RingLieutenant „Brass“ BancroftBancroft filmlar seriyasining uchinchisi Sword Fishingsharhlovchiovoz bergan1940Brother Rat and a BabyDan CrawfordRafiqasi Jane Wyman bilanAn Angel from TexasMarty AllenRafiqasi Jane Wyman bilanMurder in the AirLieutenant „Brass“ BancroftBancroft filmlar seriyasining toʻrtinchisiKnute Rockne, All AmericanGeorge „The Gipper“ Gipp"Win One for the Gipper"Tugboat Annie Sails AgainEddie KentRafiqais Jane Wyman bilanAlice in MovielandoʻziFilmdan bu sahna olib tashlanganSanta Fe TrailGeorge Armstrong Custer1941The Bad ManGilbert „Gil“ JonesMetro-Goldwyn-MayerMillion Dollar BabyPeter „Pete“ RowanInternational SquadronJimmy GrantNine Lives Are Not EnoughMatt Saywer1942Recognition of the Japanese Zero FighterLt. SaundersQisqa hajmli film Kings RowDrake McHugh „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida Oscarga nomzodJuke GirlSteve TalboMister Gardenia JonesGardenia JonesDesperate JourneyJohnny Hammond Beyond the Line of DutyHelfer, Andrew (author), Steve Buccatello (artist), and Joe Station (artist). Ronald Reagan: A Graphic Biography. Hill and Wang. 25.sharhlovchiovoz bergan1943Cadet ClassificationsharhlovchiQisqa hajmli film The Rear GunnerLieutenant Ames For God and CountryFather Michael OʻKeefeQisqa hajmli film This Is the ArmyCpl. Johnny Jones1945Target Tokyosharhlovchi"Target Tokyo ." Victory in the Pacific. PBS. Accessed 9-oktyabr 2008-yil.ovoz bergan The Fight for the Skysharhlovchiovoz berganqisqa hajmli film The Stilwell Roadsharhlovchiovoz berganWings for This Mansharhlovchiovoz bergan1947Stallion RoadLarry HanrahanThat Hagen GirlTom BatesThe ovoz bergan of the TurtleSergeant Bill PageOne for the Book1949John Loves MaryJohn LawrenceNight Unto NightJohn GalenThe Girl from Jones BeachBob RandolphThe Hasty HeartYankItʼs a Great FeelingCameo1950LouisaHarold „Hal“ Norton1951The Big Truthsharhlovchi/boshlovchiovoz berganStorm WarningBurt RaineyThe Last OutpostCaptain Vance Brittenboshqa nomi Cavalry Charge; Paramount PicturesBedtime for BonzoProfessor Peter BoydUniversal1952Hong KongJeff WilliamsParamount PicturesThe Winning TeamGrover Cleveland AlexanderWarner BrothersSheʼs Working Her Way Through CollegeProfessor John PalmerWarner Brothers1953Tropic ZoneDan McCloudParamount PicturesLaw and OrderFrame JohnsonUniversal1954Prisoner of WarWebb SloaneMetro-Goldwyn-MayerCattle Queen of MontanaFarrellRKO Radio Pictures 1955Tennesseeʼs PartnerCowpokeRKO Radio Pictures 1957Hellcats of the NavyCommander Casey AbbottCo-starring Nancy Davis; Columbia Pictures 1961The Young Doctorssharhlovchiovoz bergan; United Artists 1963Heritage of Splendorsharhlovchiovoz berganqisqa hajmli film 1964The KillersJack BrowningFinal film, Universal

Galereya

Manbalar

Oʻqish uchun

H. W. Brands Reagan: The Life (2015) p. 743 says „she wrote one of the most candid and at times self-critical memoirs in recent American political history.“

Johns, Andrew L., ed. A Companion to Ronald Reagan (Wiley-Blackwell, 2015). xiv, 682 pp.; topical essays by scholars emphasizing historiography; contents free at many libraries Kengor, Paul. „Reagan among the professors: His surprising reputation.“ Policy Review 98 (1999): 15+. Reports that " many articles in the top journals have been fair, as have a number of influential books…from respected historians, presidential scholars, and political scientists—people who were not Reagan supporters and are certainly not right-wingers. Havolalar

Ronald Reagan Jamgʻarmasi Oq uy biografiyasi Ronald Reagan va uning merosi Eureka kollejida

Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar