Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.
Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) – Janubiy Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (2012). Poytaxti – Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.
Davlat tuzumi Butan – konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi – podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ – bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari – rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinishi Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlinganDistricts of Bhutan, shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: thumb|Butan hududiy boʻlinishi Bumthang Chhukha Chirang Daga Geylegphug Ha Lhuntshi Mongar Paro Pemagatsel Punakha Samchi Samdrup Jongkhar Shemgang Tashigang Thimphu Tongsa Wangdi Phodrang
Tabiati Butan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi – Jomolhari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha temperatura yanvarda – 4,5 °C, iyulda 17 °C. Yiliga 1000–5000mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari – Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.
Aholisi
Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini – lama mazhabidagi budda dini. Butan IX asr oxirlaridan Tibetga, XIX asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-yildagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan maslahatlashib olib boradi. Milliy bayrami – 17-dekabr – podsho saylangan kun (1917).
Iqtisodi Butan – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, janubda paxta ekiladi. Janubi-sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk, mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulovOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Osiyo Turkum:Butan Turkum:BMT aʼzolari