Ravshan Sayfiddinovich Irmatov — oʻzbekistonlik futbolchi va professional futbol hakami.
2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan.
Futbol boʻyicha jahon kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargan.
2019-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
Hayoti Bolaligi va futbol Ravshan Irmatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan.
7 yoshidan futbol maktabiga borgan, keyinchalik Toshkent viloyatining „Gʻazalkent“ futbol klubida toʻp tepgan. Ogʻir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Hakamlik faoliyati 1996-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasi, 2000-yildan Oʻzbekiston Oliy Ligasi oʻyinlarida hakamlik qilgan. 2016-yilgi Qozogʻiston Superkubogini, 2013—2014-yilgi Hindiston Superligasi bahslarini boshqargan.
2003-yilda FIFA tomonidan xalqaro hakamlikka tayinlangan.
Osiyo chempionlar ligasining 2006—2007-yilgi mavsumida Urawa Reds — Sepahan, 2010—2011-yilgi mavsumida Jeonbuk Hyundai Motors — Al‑Sadd, 2012—2013-yilgi mavsumida Seoul — Guangzhou Evergrande, 2014—2015-yilgi mavsumida Guangzhou Evergrande — Al‑Ahli, 2016—2017-yilgi mavsumda Urawa Reds — Al‑Hilal SFC klublari oʻrtasidagi oʻyinlarni boshqardi.
Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi U-20 jahon chempionatida Gambiya — Meksika hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan. 2008-yilgi Klublararo jahon chempionatida ishlagan va ushbu musobaqa finalini ham boshqargan. 2012-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Santos — Barcelona oʻyinida ishlagan.
2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionatida va jamoalari ochilish oʻyinida hakamlik qildi. Butun musobaqa davomida — , — , chorak finalda — , yarim finalda — oʻyinlarini boshqardi.
2011-yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqargan.
2012-yilgi Londondagi Olimpiya oʻyinlarida 3 ta oʻyin, shu jumladan 3-oʻrin uchun bahsni boshqargan.
2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida — oʻyinini boshqarganReferee admits mistake in Italy vs. Brazil match.
2014-yilgi jahon chempionatining 4ta oʻyinida ishlagan.
2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati guruh bosqichining ikkita oʻyinida ishladi: Argentina — Xorvatiya va Ispaniya — Marokash. Qolgan oʻyinlarda yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning jarohati tufayli ishlay olmadi.
Boshqaruvdagi faoliyati 2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va Ravshan Irmatov ushbu lavozimga tayinlandi.
2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va 2022-yil 18-dekabrgacha ushbu lavozimda ishladi.
2023-yilda Irmatov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan.
2021-yil 12-apreldan 2024-yil 24-noyabrgacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2025-yil 12-oktyabr kuni FIFA Kengashining qaroriga koʻra, 2025–2029-yillar uchun futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib saylangan.
Mukofotlari Ravshan Irmatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda „Osiyoning eng yaxshi hakami“ deb baholangan. Bu nominatsiyada ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tomonidan 2011-yilda „jahonning eng yaxshi hakami“ deb eʼtirof etilgan.
2010-yilda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni berildi.
2014-yil 25-iyunda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.
2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.
Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.
2025-yil 6-iyunda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
FIFA profili Ravshan Irmatovni baholang Ravshan Ermatov, Mail.ru Ravshan Ermatovning hayotiy aqidalari
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futbol hakamlari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol hakamlari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari Turkum:Olimpiada oʻyinlari futbol hakamlari Turkum:Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012 futbol hakamlari Turkum:CONCACAF Chempionlar Kubogi hakamlari Turkum:AFC Osiyo kubogi hakamlari