Gretsiya yoki Yunoniston, rasmiy nomi Gretsiya Respublikasi () — Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolining janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari — Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat. Maydoni — 131 957 km2. Aholisi — 10 482 487 kishi (2023). Poytaxti — Afina shahri hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga boʻlinadi. 10 ta tarixiy-geografik viloyatga boʻlinadi. Hududi — 131 957 km². Aholi soni boʻyicha dunyoda 85-oʻrinni, hududi boʻyicha 95-oʻrinni egallaydi.
Davlat ramzlari Davlat bayrogʻi — xochli 9 ta koʻk va oq chiziq — „Ozodlik yoki oʻlim“ milliy shiorining toʻqqizta boʻgʻiniga mos keladi. Birinchi davlat bayrogʻi 1821 yilda general Aleksandr Ipsilanti tomonidan yaratilgan — oq xochli qizil. 1833 yildan beri qizil rang koʻk rangga almashtirildi.
Davlat gerbi — bu Yunonistondagi etakchi din — pravoslavlikning ramzi sifatida ikkita zaytun novdasi bilan oʻralgan oq xochli koʻk qalqon .
1860 yildan beri Gretsiya madhiyasi zamonaviy yunon sheʼriyatining asoschisi Dionisios Solomos tomonidan 1823 yilda yozilgan va birinchi taniqli zamonaviy yunon kompozitori Nikolaos Mandzaros tomonidan musiqaga kiritilgan „Ozodlik madhiyasi“ dir.
Davlat tuzumi Gretsiya — parlamentam respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkinAncient Greek Theater Discovered — Discovery Channel. Prezident 10 kundan ortiq chet elda boʻlganida, vafot etganida, isteʼfoga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz boʻlib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga koʻra hukumatning boshqa aʼzolarini tayinlaydiReale Dj., Antiseri D. Zapadnaya filosofiya ot istokov do nashix dney.. Bosh vazir lavozimiga parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning rahbari tayinlanadiLeyst O. Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy. Gl. 13..
Tabiati thumb|230px|Olimp togʻi. thumb|300px|right|Zakinf oroli, Buxta Navagio Gretsiya quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80 % togʻlik. Oʻrtacha balandligi 1000-1800 metrli togʻlar koʻp, eng baland choʻqqisi — Olimp togʻi (2911 metr). Togʻlar eroziya taʼsirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes yarim orolning sharqida va Kiklada orollarida tez-tez zilzila boʻlib turadi.
Qazilma boyliklar, asosan, Gretsiya sharqidan topilgan: temir, marganes, xrom, nikel, qoʻrgʻoshin, rux, boksit, marmar, qum qayroq, qoʻngʻir koʻmir va boshqalar. Neft ham qazib olinadi.
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12 °C, iyulniki 25—27 °C. Yogʻin shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa kamayib boradi. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda 1500 mm gacha, tekisliklarda 400–700 mm (80 % i qishda yogʻadi). Mamlakat shimolda iqlim sovuq, qishda harorat 0 °C dan past boʻladi.
Daryolari — Vardar, Maritsa, Strimon, Nestos (Mesta) va boshqalar. Togʻ daryolari koʻp, ular yomgʻir va qordan suv oladi, yezda suvi kamayib qoladi. Karst koʻllari va mineral buloqlar koʻp. Koʻllari — Prespa, Trixonis. Dengiz sohillaridagi va past togʻlik joylardagi butazor va quruq oʻrmonlar tagida jigarrang va qoʻngʻirjigarrang tuproqlar; balandroqda qoʻngʻir oʻrmon-togʻ tuproqlari uchraydi. Koʻp joylarda tuproq qatlami suv va shamol eroziyasiga uchraydi. Gretsiyaning 44 % maydoni oʻrmon va 28 % butazorlar bilan band.
Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qaragʻay, zarang, yongʻoq va b. oʻsadi. Togʻlarda boʻri, ayiq va yovvoyi oʻrmon mushugi yashaydi. Chiyaboʻri, ilon, kaltakesak va toshbaqa koʻp. Milliy bogʻlari — Vikos-Aoos, Mikra-Presna, Eta va boshqalar.
Aholisi 300px|thumb|left|Gretsiya aholisi Aholisining 95 % yunonlar. Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, loʻli va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til — yunon tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda, 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 75 kishi toʻgʻri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada, Avstraliya, Olmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari — Afina, Saloniki, Patri.
Tarixi thumb|left|Kaloniya davrida Gretsiya hududi Arxaiki. thumb|200px|Aleksandr Makedonskiy Hozirgi Gretsiya hududida qadim zamonlarda antik sivilizatsiya mavjud boʻlgan. Mil. IV asrda Gretsiya Vizantiya tarkibiga kirgan. XIV—XV asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Yunon xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi (1571, 1611-yillarda). Buyuk fransuz inqilobidan taʼsirlangan inqilobchi-demokrat Rigas Velestinlis Gretsiya va boshqa Bolqon davlatlari uchun konstitutsiya yozdi. 1814-yil Odesada „Filiki Eteriya“ („Axil jamiyat“) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820-yilda rus armiyasi generali, yunon aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar boʻldi. „Filiki Eteriya“ ozodlik harakati bayrogʻini koʻtardi va 1821-yil 25-martda Gretsiya mustaqillikka erishdi. 1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb eʼlon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828—1829) dan soʻng 3 davlat (Angliya, Fransa, Rossiya) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, 1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915-yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi.
Gretsiya birinchi jahon urushi davrida Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan eʼtiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919—1922)da Gretsiyaning magʻlubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi. 1924-yil 25-martda Gretsiya respublika deb eʼlon qilindi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik — Liberallar (Angliya tarafdorlari) bilan Xalq partiyasi (Fransiya tarafdorlari) oʻrtasida kurash kuchaydi. 1934-yil Gretsiya Rumuniya, Turkiya va Yugoslaviya bilan bitim tuzib, Bolkon Antantasi tarkibiga kirdi. Shu tariqa Gretsiya Fransiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa aʼzo boʻldi. 1935-yil soxta referendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936-yil 4-avgustda general I. Metaksas harbiy hokimiyati oʻrnatildi.
Gretsiya ikkinchi jahon urushi davrida Ikkinchi jahon urushining dastlabki paytida Gretsiya betaraflik yoʻlini tutmoqchi boʻldi. Lekin 1940-yil 28-oktabrda Italiya qoʻshinlari Gretsiyaga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Yunon xalqi noyabr oyiga kelib, dushman askarlarini Gretsiyadan haydab chiqardi. 1941-yil 6-aprelda olmon askarlari Gretsiyaga kirdi va 2-iyungacha mamlakatni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi kurashish oʻrniga, murosasozlikka oʻtdi. 1941-yil 27-sentyabrda Milliy ozodlik fronti tashkil qilinib, Gretsiya xalq, ozodlik armiyasi (ELAS) tuzildi (1941-yil dekabr). 1944-yil yozda Gretsiya hududining 2/3 qismi ozod qilindi.
1944-yil may oyida xorijda „Milliy birdamlik“ deb atalgan hukumat tuzilib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944-yil 12-oktabrda Afinaga ingliz qoʻshinlari hamrohligida kelib, ELASni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5-dekabrda ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgaoʻtdi. 1945-yil 12-fevralda da hukumat va Milliy ozodlik fronti Varkiz bitimini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) eʼlon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit oʻtkazish va boshqa tadbirlarni koʻrish vaʼda qilingan edi.
Gretsiya urushdan keyingi yillarda Milliy ozodlik fronti oʻz vaʼdasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yoʻl tutib, terror muhitida soxta saylov (1946-yil mart) va plebissit (1946-yil sentyabr) oʻtkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuchlarni yoʻqotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946-yil oktabrda Gretsiya demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun uch yil mobaynida kurash olib bordi. 1949-yil oktabrda demokratik armiya qurolli qarshilik koʻrsatishni toʻxtatdi (ushbu armiya askarlaridan bir qismi Oʻzbekistonda boshpana topdi, shu yerda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. Oʻz vatanida qulay siyosiy vaziyat vujudga kelgach, koʻchib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar taʼqibga uchradi. 1952-yil noyabrda marshal A. Papagos boshchiligidagi Yunon yigʻini partiyasi hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu partiya, soʻngra 1956-yilda uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Karamanlis boshchiligida mamlakatdagi demokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noroziligini kuchaytirdi. 1963-yil 22-mayda parlament soʻl deputati G. Lambrakis oʻldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati isteʼfo berishga majbur boʻldi.
1963-yil noyabr — 1964-yil fevral parlament saylovlari natijasida hokimiyat Markaz ittifoqi partiyasiga oʻtdi. Hukumat rahbari G. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar belgiladi, maktablarda bepul oʻqitishni joriy qildi, dehqonlar toʻlaydigan soliqlarni birmuncha yengillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va 1965-yil 15-iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati isteʼfo berdi.