300px|right|thumb|Norvegiya hukumati binosi portlashdan keyin tutun ichida. 300px|right|thumb|Osloda qurbonlar xotirasiga guldastalar. 2011-yilgi Norvegiya xurujlari 2011-yil 22-iyulida Norvegiyada sodir boʻlgan va noharbiy fuqarolarga qarshi qaratilgan ikkita terrorchilik harakatidir. Avval poytaxt Osloda, mahalliy vaqt bilan soat 15:22 da bosh vazir ofisi va boshqa hukumat binolari yonida bomba portladi.NRK: Terroraksjonene 22.07.2011 Retrieved 2011-07-24 Portlash natijasida sakkiz kishi halok boʻldi. Ikkinchi xuruj taxminan ikki soatdan keyin Utøyada, yoshlar tashkiloti uyushtirgan oromgohda sodir boʻldi. Bunda politsiyachi kiyimini kiyib olgan qurollangan shaxs kamida 68 kishini otib oʻldirdi.Politiet nedjusterer: 68 drept på Utøya , Verdens Gang Jami 76 kishi halok boʻldi.

Norveg politsiyasi ikkinchi xuruj sababchisi, 32-yoshli Anders Behring Breivik ismli shaxsni hibsga oldi va uni birinchi xurujda ham ayblamoqda. Politsiya uni xristian mutaassib hamda millatchi konservator, demoqda.Pågrepet 32-åring kalte seg selv nasjonalistisk, Verdens Gang Anders Breivik oʻzini shu ishga turtgan gʻoyalarini kitob qilib yozgan ekan, kitob boshqa manbalar toʻplami va manifest shaklida boʻlib, "2038 – Yevropa Mustaqilligi Deklaratsiyasi" deb nomlangan; hozirda shu kitob boshqa tillarga internet-foydalanuvchilari tomonidan oʻgirilmoqda.A European Declaration of Independence , ruscha tarjimasi

Qator mamlakatlar Norvegiya rahbariyatiga hamdardlik bildirishdi. Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov Norvegiya qiroli Harald V'ga hamdardlik maktubini yubordi.Norvegiya Qiroli Harald V Zoti Oliylariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi

Manbalar

Havolalar Oslo Attacks: A Bloody Aftermath , Life magazine Norway Massacre: Island Under Siege , Life magazine За гранью понимания, Lenta.ru