Lila Downs (toʻliq ismi Ana Lila Downs Sánchez; 1968-yil 9-sentyabr da Oaksaka, Meksika da tugʻilgan) —mashhur meksikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Downs 2002-yili amerikada "Frida" film serialida Julie Taymor rolini ijro etadi.
Biografiyasi Bolalik thumb|180px|Lila Downs konsert beryapti, 6-iyun, 2007-yil. Lila Downs 1968-yil 19-sentyabr Tlaksiako, Oaksaka da Allen Downs va Ana Sánchez oilasida dunyoga kelgan. Otasi - mikstecalik va onasi meksikalik unga tarjima qilinganda "yaxshilik va chiroyga toʻla ayol", hindida esa - "yorugʻlik ma'budasi" degan maʼnoni anglatadigan ism berishdi. Lila Downs oilada ohirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Oaksakada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi - San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Lila Downs musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Lila oʻqishni va yozishni bilar, 8 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy taʼlim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shaki sheʼrlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʼdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Lilaning bolaligidan eng sevimli raqsi bu - qorin raqsidir. Faqat 24 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi taʼsiri ostida "Ofrenda" qoʻshigʻini yozadi.
Musiqiy karyera Oʻzining birinchi albomi - "Ofrenda" ni Downs 25 yoshida, Xquenda Productions bilan shartnoma imzolab yozadi. Lilani har doim rokka tortar edi, ammo Xquendaʼning prodyuserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladii deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi "Trazos" ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Narada ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Lila Downs esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1999-yili prodyuser Paul Cohen qoʻli ostida chiqarilgan "La sandunga" albomi Downsga ona yurtida hamda ikkala Amerika qitʼasida shuhrat olib keladi. Albom folk-jazz va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 500 milli nusha bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski "Árbol de la vida" (Tree of life) ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Downs 2001-yili Border/La línea tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u bilan birgalikda yozilgan Palomo del comalito (La molienda) singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100 ning choʻqqisiga chiqadi.
Diskografiya Studiyaviy albomlar 1994: Ofrenda 1998: Trazos 1999: La Sandunga 2000: Árbol de la vida/Tree of Life 2001: La Línea/Border 2004: Una Sangre/One Blood 2006: La Cantina 2008: Ojo de Culebra/Shake Away 2011: Pecados y Milagros
Konsert albomlari 1996: Azuláo: En vivo con Lila Downs 2010: Lila Downs y La Misteriosa en París - Live à Fip
Termalar 2007: El Alma de Lila Downs/The Very Best of Lila Downs 2010: Chacala
Havolalar Lila Downsning rasmiy sayti
Turkum:Musiqa Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar