Steven Plaut () — AQShlik iqtisodchi, professor. Isroildagi Haifa Universitetida va Budapeshtdagi Markaziy Yevropa Universitetida dars bergan. Professor Plautning maqolalari tez-tez turli gazeta-jurnallarda chop etilib turgan.
Plaut bakalavr darajasini Philadelphiadagi Temple Universitetidan olgan. Magistr darajasini Quddus Yahudiy Univesritetidan olgan. Iqtisod boʻyicha Ph.D.sini Princeton Universitetidan olgan.
2002-yil „Razvedkachi“ () nomli kitobini yozgan. Kitobda Plaut saraton kasaliga chalinib shifoxonada yotganida uchratgan badaviy (koʻchmanchi arab) razvedkachi va oʻzining oʻlim bilan qilgan jangi haqida hikoya qiladi.
Havolalar FrontPageMagda Steven Plautning maqolalari Steven Plautning eski maqolalari
Turkum:Iqtisodchilar Turkum:2017-yilda vafot etganlar